https://oz.sputniknews.uz/20251209/prezident-taqdimot-tanishuv-54047072.html
Subsidiya, 800 ta paxta terish mashinasi: prezident agrar sohasidagi taqdimot bilan tanishdi
Subsidiya, 800 ta paxta terish mashinasi: prezident agrar sohasidagi taqdimot bilan tanishdi
Sputnik O‘zbekiston
Agrar sohani moliyalashtirish uchun 34,2 trln so‘m ajratiladi, subsidiyalar raqamlashtiriladi, fermerlarga arzon kreditlar taklif etiladi va 800 ta yangi texnika xarid qilinadi.
2025-12-09T18:15+0500
2025-12-09T18:15+0500
2025-12-09T18:15+0500
o‘zbekiston
qishloq xo‘jaligi
raqamli texnologiyalar
paxta
g‘alla
fermerlar
shavkat mirziyoyev
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/09/54046632_0:132:1280:852_1920x0_80_0_0_e2c51ddaec0918279e731327350d2282.jpg
TOShKENT, 9 dek — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev paxtachilik va g‘allachilikni moliyalashtirish, agrar sohada subsidiyalarni ajratishning yangi tizimi yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Ma’lumotga ko‘ra, joriy yilda paxta va g‘alla yetishtirish, qishloq xo‘jaligi texnikasi xaridi hamda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish uchun 29 trillion so‘m yo‘naltirilgan. Subsidiyalar hajmi 2,35 trillion so‘mni tashkil etgan.2026 yilda agrotexnik tadbirlar, jumladan, plonka va egiluvchan quvurlar uchun 5 trillion so‘m ajratish taklif qilindi.Fermerlar uchun “intizom — arzon kredit” tamoyili joriy etilishi rejalashtirilmoqda:Shuningdek, o‘z mablag‘i hisobidan bug‘doy yetishtirgan fermerlarga 10 foiz subsidiya ajratish taklif etildi.Taqdimotda Agrar sohada to‘lovlar agentligiga yuklatilgan vazifalar ijrosi, subsidiyalarni boshqarishning yangi raqamlashtirilgan tizimi muhokama qilindi.2026 yilda ajratiladigan 1,3 trillion so‘mlik subsidiyalar proaktiv tarzda — fuqarolar ishtirokini talab qilmagan holda beriladi. Qolgan subsidiyalar ham hujjat yig‘ish va kelishuv bosqichlari kamaytirilgan holda soddalashtirilgan tartibda taqdim etiladi. Natijada to‘lovlar muddati ancha qisqaradi.Prezident mutasaddilarga sohani rivojlantirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.
https://oz.sputniknews.uz/20251122/agrar-tolovlar-agentligi-53674798.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/09/54046632_0:0:1138:853_1920x0_80_0_0_35298d949546afa2a6e9d2da5ef835f2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
prezident mirziyoyev, agrar soha, paxtachilik, g‘allachilik, subsidiyalar, moliyalashtirish, agrosubsidiya, agroportal, fermerlar, arzon kredit, qishloq xo‘jaligi, 34,2 trln so‘m, paxta mashinasi.
prezident mirziyoyev, agrar soha, paxtachilik, g‘allachilik, subsidiyalar, moliyalashtirish, agrosubsidiya, agroportal, fermerlar, arzon kredit, qishloq xo‘jaligi, 34,2 trln so‘m, paxta mashinasi.
Subsidiya, 800 ta paxta terish mashinasi: prezident agrar sohasidagi taqdimot bilan tanishdi
Fermerlar uchun “intizom — arzon kredit” tamoyili joriy etilishi rejalashtirilmoqda.
TOShKENT, 9 dek — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev paxtachilik va g‘allachilikni moliyalashtirish, agrar sohada subsidiyalarni ajratishning yangi tizimi yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Ma’lumotga ko‘ra, joriy yilda paxta va g‘alla yetishtirish, qishloq xo‘jaligi texnikasi xaridi hamda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish uchun 29 trillion so‘m yo‘naltirilgan. Subsidiyalar hajmi 2,35 trillion so‘mni tashkil etgan.
Kelgusi yilda paxta va g‘alla hosili, subsidiya va boshqa xarajatlar uchun 34,2 trillion so‘m ajratish rejalashtirilgan. Shuningdek, qo‘shimcha 200 million dollar jalb etilib, 800 ta paxta terish mashinasi xarid qilinishi aytildi.
2026 yilda agrotexnik tadbirlar, jumladan, plonka va egiluvchan quvurlar uchun 5 trillion so‘m ajratish taklif qilindi.
Fermerlar uchun “intizom — arzon kredit” tamoyili joriy etilishi rejalashtirilmoqda:
“A” reytingiga ega xo‘jaliklarga — 2 foizga past,
“B” toifasiga — 1 foizga past stavkalar qo‘llanadi.
Shuningdek, o‘z mablag‘i hisobidan bug‘doy yetishtirgan fermerlarga 10 foiz subsidiya ajratish taklif etildi.
Taqdimotda Agrar sohada to‘lovlar agentligiga yuklatilgan vazifalar ijrosi, subsidiyalarni boshqarishning yangi raqamlashtirilgan tizimi muhokama qilindi.
Hozirda qishloq xo‘jaligida 52 turdagi subsidiya mavjud. Yangilangan tizimda inson omili va burokratiya keskin kamayib, arizalar “Agroportal” orqali to‘liq raqamlashtiriladi. Bu maqsadda “Agrosubsidiya” axborot tizimiga 10 dan ortiq vazirlik va idoralarning ma’lumot bazalari integratsiya qilinadi.
2026 yilda ajratiladigan 1,3 trillion so‘mlik subsidiyalar proaktiv tarzda — fuqarolar ishtirokini talab qilmagan holda beriladi. Qolgan subsidiyalar ham hujjat yig‘ish va kelishuv bosqichlari kamaytirilgan holda soddalashtirilgan tartibda taqdim etiladi. Natijada to‘lovlar muddati ancha qisqaradi.
Prezident mutasaddilarga sohani rivojlantirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.