YeOIIda yil oxirigacha elektron savdoning meyoriy hujjatlari qabul qilinadi
YeOIIda yil oxirigacha elektron savdoning meyoriy hujjatlari qabul qilinadi
Sputnik O‘zbekiston
2026 yil oxirigacha Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) doirasida elektron savdo-sotiqni to‘liq tartibga soladigan zaruriy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish rejalashtirilmoqda.
TOShKENT, 6 fev – Sputnik. 2026-yil oxirigacha Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) doirasida elektron savdo-sotiqni to‘liq tartibga soladigan zaruriy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston Iqtisodiyot va tijorat vazirligining YeOIIni Muvofiqlashtirish boshqarmasi integratsiyani rivojlantirish bo‘limi mudiri Kaniyet Nasirdinov ma’lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, 30-yanvar kuni YeIK Kengashining bosh vazir o‘rinbosarlari va vazirlar ishtirokidagi yig‘ilishida Rossiya sxema bo‘yicha ishlashga tayyorligini tasdiqladi, unga ko‘ra qirg‘izistonlik tadbirkorlarning tovarlari qabul qiluvchi sifatida ko‘rsatilgan holda bozorlarga yuboriladi, omborlarda saqlanadi va QQS faqat YeOIIning har qanday mamlakatida tovarlarni sotish va xaridorga topshirgandan keyin to‘lanadi.Nasirdinov elektron savdoni rivojlantirish doirasida bir qator chora-tadbirlarni, shu jumladan, normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishni nazarda tutuvchi "yo‘l xaritasi" tasdiqlanganini ta’kidladi. Ushbu hujjatlar elektron tijorat tovarlarini soliqqa tortishni tartibga soladi.Uning qo‘shimcha qilishicha, “Wildberries” marketpleysida 5 ming nafardan ortiq qirg‘izistonlik sotuvchi ro‘yxatdan o‘tgan — yakka tartibdagi tadbirkorlar va u yerda ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar.
Elektron savdoni rivojlantirish doirasida bir qator chora-tadbirlarni, shu jumladan, normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishni nazarda tutuvchi "yo‘l xaritasi" tasdiqlangan.
TOShKENT, 6 fev – Sputnik. 2026 yil oxirigacha Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) doirasida elektron savdo-sotiqni to‘liq tartibga soladigan zaruriy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston Iqtisodiyot va tijorat vazirligining YeOIIni Muvofiqlashtirish boshqarmasi integratsiyani rivojlantirish bo‘limi mudiri Kaniyet Nasirdinov ma’lum qildi.
“Iqtisodiyot vazirligi Qirg‘izistonning tegishli organlari bilan birgalikda YeIK maydonchasida Rossiya tomoni bilan zudlik bilan muzokaralar o‘tkazdi. Unda yuklarni tashish va elektron savdoni rivolashtirish modeli muhokama qilindi”, - dedi u Sputnik Qirg‘iziston matbuot markazidagi matbuot anjumanida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 30-yanvar kuni YeIK Kengashining bosh vazir o‘rinbosarlari va vazirlar ishtirokidagi yig‘ilishida Rossiya sxema bo‘yicha ishlashga tayyorligini tasdiqladi, unga ko‘ra qirg‘izistonlik tadbirkorlarning tovarlari qabul qiluvchi sifatida ko‘rsatilgan holda bozorlarga yuboriladi, omborlarda saqlanadi va QQS faqat YeOIIning har qanday mamlakatida tovarlarni sotish va xaridorga topshirgandan keyin to‘lanadi.
Nasirdinov elektron savdoni rivojlantirish doirasida bir qator chora-tadbirlarni, shu jumladan, normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishni nazarda tutuvchi "yo‘l xaritasi" tasdiqlanganini ta’kidladi. Ushbu hujjatlar elektron tijorat tovarlarini soliqqa tortishni tartibga soladi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, “Wildberries” marketpleysida 5 ming nafardan ortiq qirg‘izistonlik sotuvchi ro‘yxatdan o‘tgan — yakka tartibdagi tadbirkorlar va u yerda ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar.
YeOII
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.