https://oz.sputniknews.uz/20260203/kyrgyzstan-sotuvchi-russia-internet-dokon-engillik-55447139.html
Qirg‘izistonlik sotuvchilarga Rossiya internet-do‘konlariga tovar yetkazish yengillashtirildi
Qirg‘izistonlik sotuvchilarga Rossiya internet-do‘konlariga tovar yetkazish yengillashtirildi
Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘izistonlik sotuvchilar uchun Rossiyaga marketpleys orqali tovar yuborish yengillashdi: omborga kiritilgan tovar sotilgan deb hisoblanmaydi, 2 ta hujjat yetarli.
2026-02-03T15:59+0500
2026-02-03T15:59+0500
2026-02-03T16:23+0500
o‘zbekiston va yeoii
eksport
raqamli texnologiyalar
wildberries
elektron savdo
yeoii
yeik
qirg‘iziston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/307/32/3073233_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_0a055c0a0e471d2114eb1aa7092fd6f7.jpg
TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Qirg‘izistonlik sotuvchilar uchun Rossiyaga elektron savdo maydonchalari orqali tovar yetkazib berish tartibi yengillashtirildi. Bu haqda Qirg‘iziston Iqtisodiyot va savdo vazirligi YeOII bilan muvofiqlashtirish boshqarmasi rahbari Elimbek Qanibek uulu ma’lum qildi.Uning aytishicha, 30-yanvar kuni Moskvada o‘tgan Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi Kengashi yig‘ilishida qirg‘iz sotuvchilari tovarlarini elektron savdo doirasida, jumladan, "Wildberries" orqali yetkazib berishda yuzaga kelgan muammolar ko‘rib chiqilgan.Muammolarni hal etish doirasida yangi model kelishib olindi. Unga ko‘ra, tovarlar jismoniy shaxsga sotilgunga qadar mulk huquqi o‘tkazilmasdan, YeOIIga a’zo boshqa davlat hududida joylashgan marketpleys omborlariga olib kiriladi. Ushbu model Rossiyaning vakolatli organlari tomonidan tasdiqlangan.Yaqin kunlarda hujjatlarni to‘ldirish tartibini tushuntirish uchun Qirg‘iziston Iqtisodiyot vazirligi maydonchasida "Wildberries" vakillari ishtirokida axborot seminari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.Shuningdek, YeIK Kengashi elektron savdo doirasida tovarlar harakatini monitoring qilish va muammolarni aniqlashni davom ettirishni topshirgan.
https://oz.sputniknews.uz/20251203/wildberries-ozbek-tovarlar-53914418.html
qirg‘iziston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/307/32/3073233_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_4851294e501727b8311922d3d8dc2ba2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qirg‘iziston, rossiya, yeik, yeoii, wildberries, elektron savdo, cmr, tovar-transport yukxati, ombor, logistika
qirg‘iziston, rossiya, yeik, yeoii, wildberries, elektron savdo, cmr, tovar-transport yukxati, ombor, logistika
Qirg‘izistonlik sotuvchilarga Rossiya internet-do‘konlariga tovar yetkazish yengillashtirildi
15:59 03.02.2026 (yangilandi: 16:23 03.02.2026) Qirg‘izistonlik sotuvchilarga asosiy yengillik —tovar marketpleys omboriga kiritilganda u sotilgan deb hisoblanmaydi va faqat ikki hujjat bilan tashiladi. Bu ortiqcha qog‘ozbozlikni bartaraf etadi.
TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Qirg‘izistonlik sotuvchilar uchun Rossiyaga elektron savdo maydonchalari orqali tovar yetkazib berish tartibi yengillashtirildi. Bu haqda Qirg‘iziston Iqtisodiyot va savdo vazirligi YeOII bilan muvofiqlashtirish boshqarmasi rahbari Elimbek Qanibek uulu
ma’lum qildi.
Uning aytishicha, 30-yanvar kuni Moskvada o‘tgan Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi Kengashi yig‘ilishida qirg‘iz sotuvchilari tovarlarini elektron savdo doirasida, jumladan, "Wildberries" orqali yetkazib berishda yuzaga kelgan muammolar ko‘rib chiqilgan.
Muammolarni hal etish doirasida yangi model kelishib olindi. Unga ko‘ra, tovarlar jismoniy shaxsga sotilgunga qadar mulk huquqi o‘tkazilmasdan, YeOIIga a’zo boshqa davlat hududida joylashgan marketpleys omborlariga olib kiriladi. Ushbu model Rossiyaning vakolatli organlari tomonidan tasdiqlangan.
Yangi tartibga ko‘ra, tovarlarni tashishda faqat ikki asosiy hujjat — CMR va tovar-transport yukxati rasmiylashtiriladi. Bu esa avval yuzaga kelgan burokratik qiyinchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan.
Yaqin kunlarda hujjatlarni to‘ldirish tartibini tushuntirish uchun Qirg‘iziston Iqtisodiyot vazirligi maydonchasida "Wildberries" vakillari ishtirokida axborot seminari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, YeIK Kengashi elektron savdo doirasida tovarlar harakatini monitoring qilish va muammolarni aniqlashni davom ettirishni topshirgan.