https://oz.sputniknews.uz/20260205/armenia-55497286.html
YeOII Armanistonning muhim iqtisodiy sherigi va keyinchalik shunday bo‘lib qoladi – Overchuk
YeOII Armanistonning muhim iqtisodiy sherigi va keyinchalik shunday bo‘lib qoladi – Overchuk
Sputnik O‘zbekiston
Armanistonning Yevropa Ittifoqiga yaqinlashish istagi tushunarli, biroq Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan aloqalar mamlakat iqtisodiyoti uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu haqda Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksey Overchuk ma’lum qildi.
2026-02-05T18:02+0500
2026-02-05T18:02+0500
2026-02-05T18:02+0500
o‘zbekiston va yeoii
yeoii
iqtisod
armaniston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/05/55496877_0:0:3022:1700_1920x0_80_0_0_794badfe7307fbf9a78b658acab6ce7f.jpg
TOShKENT, 5 fev — Sputnik. Armanistonning Yevropa Ittifoqiga yaqinlashish istagi tushunarli, biroq Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) bilan aloqalar mamlakat iqtisodiyoti uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega, dedi Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksey Overchuk.U bu fikrni jurnalistlar bilan suhbatda Armanistonning Yevropa Ittifoqiga ehtimoliy qo‘shilishi va bu uning YeOIIdagi a’zoligiga qanday ta’sir qilishi mumkinligi yuzasidan bildirgan.Uning so‘zlariga ko‘ra, YeOII Armanistonning eng muhim iqtisodiy sherigi bo‘lib qolmoqda. Mamlakat Rossiya va ittifoqning boshqa a’zolari, xususan Qozog‘iston bilan savdo aloqalarini faol rivojlantirmoqda.Mazkur masala Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov va Armaniston parlamenti spikeri Alen Simonyan o‘rtasidagi uchrashuvda ham muhokama qilindi.Lavrov ta’kidlashicha, YeOIIga a’zolik Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish tamoyillari bilan mos kelmaydi."Bu sizlarning tanlovingiz va biz uni to‘liq hurmat qilamiz", — dedi u.Alen Simonyan esa Armaniston YeOIIdan chiqishni rejalashtirmayotganini, ikki yo‘nalishda ham ikkala tomon uchun manfaatli yechim topish mumkinligini qayd etdi.
https://oz.sputniknews.uz/20260121/lavrov-armenia-eu-eaeu-azo-55126462.html
armaniston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/05/55496877_137:0:2868:2048_1920x0_80_0_0_0815fdedfdb8a5f90e9e03ac0be91b5b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
armaniston, yevropa ittifoqi, yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi, aleksey overchuk, sergey lavrov, alen simonyan, yeoii, yei, eron erkin savdo kelishuvi
armaniston, yevropa ittifoqi, yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi, aleksey overchuk, sergey lavrov, alen simonyan, yeoii, yei, eron erkin savdo kelishuvi
YeOII Armanistonning muhim iqtisodiy sherigi va keyinchalik shunday bo‘lib qoladi – Overchuk
Armanistonning YeIga yaqinlashish istagi fonida Moskva YeOII bilan aloqalar mamlakat iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyatga egaligini qayd etdi va bu tanlovni Armaniston o‘zi amalga oshirishini ta’kidladi.
TOShKENT, 5 fev — Sputnik. Armanistonning Yevropa Ittifoqiga yaqinlashish istagi tushunarli, biroq Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) bilan aloqalar mamlakat iqtisodiyoti uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega, dedi Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksey Overchuk.
U bu fikrni jurnalistlar bilan suhbatda Armanistonning Yevropa Ittifoqiga ehtimoliy qo‘shilishi va bu uning YeOIIdagi a’zoligiga qanday ta’sir qilishi mumkinligi
yuzasidan bildirgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, YeOII Armanistonning eng muhim iqtisodiy sherigi bo‘lib qolmoqda. Mamlakat Rossiya va ittifoqning boshqa a’zolari, xususan Qozog‘iston bilan savdo aloqalarini faol rivojlantirmoqda.
Shuningdek, YeOII va Eron o‘rtasidagi erkin savdo kelishuvi Armanistonga 85 millionlik bozorga bojsiz kirish imkonini berayotgani qayd etildi. Overchuk bunday aloqalarning uzilishi Armaniston iqtisodiyoti va aholi turmush darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi.
Mazkur masala Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov va Armaniston parlamenti spikeri Alen Simonyan o‘rtasidagi uchrashuvda ham muhokama qilindi.
Lavrov ta’kidlashicha, YeOIIga a’zolik Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish tamoyillari bilan mos kelmaydi.
"Bu sizlarning tanlovingiz va biz uni to‘liq hurmat qilamiz", — dedi u.
Alen Simonyan esa Armaniston YeOIIdan chiqishni rejalashtirmayotganini, ikki yo‘nalishda ham ikkala tomon uchun manfaatli yechim topish mumkinligini qayd etdi.