MMFI Toshkent filiali talabasi Rossiya yadro ta’limi ambassadori bo‘ldi

© Tashkentskiy filial NIYaU MIFIStudent Tashkentskogo filiala MIFI stal ambassadorom yadernogo obrazovaniya Rossii
Student Tashkentskogo filiala MIFI stal ambassadorom yadernogo obrazovaniya Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.02.2026
Obuna bo‘lish
MMFI Toshkent filiali talabasi Hayitbek O‘rmonov Moskvada o‘tgan treningdan so‘ng Rossiya yadro ta’limi elchisi sifatida tanlandi.
TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Hayitbek O‘rmonov “Rossiya yadroviy ta’lim elchilari” loyihasi doirasida o‘tkazilgan treningda ishtirok etib, yadro ta’limi elchisi (ambascadori) sifatida tanlandi. Bu haqda "Moskva muhandislik-fizika instituti" milliy tadqiqot yadro universiteti ("MMFI" MTAU) Toshkent filiali matbuot xizmati xabar berdi.
O‘rmonov "MMFI" MTAU Toshkent filiali talabasi.
Loyiha har yili "Rosatom" Texnika akademiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Trening Moskva shahrida o‘tkazilib, "Rosatom"ning tayanch oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan xorijiy talabalarni birlashtirdi.
Uch kun davomida ishtirokchilar moslashuvchan ko‘nikmalar va yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirishdi. Ular o‘z-o‘zini samarali taqdim etish, maqsadlari haqida ishonch bilan so‘zlash, hikoya qilish orqali ta’sirchan nutq qurish usullarini o‘zlashtirdilar. Shuningdek, tezkor dalillash va mantiqiy, tizimli nutq tuzishga alohida e’tibor qaratildi.
Trening interaktiv tarzda o‘tdi: amaliy topshiriqlar, jamoaviy o‘yinlar, muhokamalar va chiqishlar ishtirokchilarning shaxsiy salohiyatini ochib berishga qaratildi. Loyiha tantanali taqdirlash marosimi bilan yakunlandi.
Kak proxodat zanyatiya v filiale NIYaU MIFI posle karantina  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.12.2025
O‘zbekistonda Rosatom bilan hamkorlikda atom energetikasi ilg‘or muhandislik maktabi ochildi
Yangiliklar lentasi
0