O‘zbekistonda Rosatom bilan hamkorlikda atom energetikasi ilg‘or muhandislik maktabi ochildi

© UzatomKak proxodat zanyatiya v filiale NIYaU MIFI posle karantina
Kak proxodat zanyatiya v filiale NIYaU MIFI posle karantina  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.12.2025
Obuna bo‘lish
"O‘zatom"ning ma’lum qilishicha, maktabda tahsil olish uchun eng yaxshi 20 nafar talabasi saralab olingan.
TOShKENT, 18 dek – Sputnik. O‘zbekiston atom energetikasi sohasida kadrlar tayyorlash maqsadida Rossiyaning "Rosatom" davlat korporatsiyasi bilan hamkorlikda Ilg‘or muhandislik maktabi ochildi. Bu haqda RIA Novostiga "O‘zatom" xabar qildi.
May oyida "Rosatom", "O‘zatom" va Milliy tadqiqot yadro universiteti (MIFI)ning Toshkent filiali o‘rtasida muhandislik maktabini tashkil etish bo‘yicha uch tomonlama shartnoma imzolangan edi. Maktab MIFIning Toshkentdagi filiali negizida faoliyat yuritib, O‘zbekiston atom energetikasini rivojlantirishda yetakchi mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi.

"O‘zatom"ning ma’lum qilishicha, maktabda tahsil olish uchun universitetning eng yaxshi 20 nafar talabasi saralab olingan. Shuningdek, kelgusi o‘quv yilidan MIFI filialida yadro mutaxassisliklari bo‘yicha magistratura dasturlari yo‘lga qo‘yiladi.

Avval xabar qilinganidek, "Rosatom" ishtirokida AES qurish loyihasi doirasida respublikada atomchilar shahri barpo etilishi rejalashtirilgan. Loyihani amalga oshirishga 14 minggacha kishi jalb qilinishi, kichik quvvatli stansiyalarni ekspluatatsiya qilish uchun esa 1 mingga yaqin mutaxassis talab etilishi kutilmoqda.
Milliy tadqiqot yadro universitetining Toshkent filialida muhandislik maktabi ochiladi
2024 yil may oyida Jizzax viloyatida kichik quvvatli atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha atom energetikasi tarixidagi birinchi eksport shartnomasi imzolandi. "Rosatom" loyihaning bosh pudratchisi bo‘lib, unga mahalliy kompaniyalar ham jalb etiladi.
Qurilish ishlari bosqichma-bosqich olib borilmoqda: maydonchada tayyorlov ishlari boshlangan, AES uchun xandaq qazish ishlari amalga oshirilgan. 2026-yil boshida stansiya qurilishiga ruxsat olish, birinchi beton quyish esa 2026-yil mart oyida rejalashtirilgan. Loyiha doirasida 3+ avlod VVER-1000 asosidagi ikkita yirik energiya bloki hamda har biri 55 MVt quvvatga ega RITM-200N kichik reaktorli ikkita blok qurilishi ko‘zda tutilgan. Butun stansiya qurilishi 2035-yilgacha yakunlanishi rejalashtirilmoqda.
Rosatom obespechil innovatsionnim yadernim toplivom issledovatelskiy reaktor v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.12.2025
“Rosatom” O‘zbekistonga tadqiqot reaktori uchun innovatsion yadro yoqilg‘isini yetkazib berdi
Yangiliklar lentasi
0