https://oz.sputniknews.uz/20260203/internet-sokinish-targib-mamuriy-javobgarlik-55445876.html
Internetda haqorat va bezorilik uchun jarima va qamoq jazosi joriy etilishi mumkin
Internetda haqorat va bezorilik uchun jarima va qamoq jazosi joriy etilishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Qonunchilik palatasida internetda so‘kinish, huquqbuzarlikni targ‘ib qilish va garov mulkiga noqonuniy tasarruf uchun ma’muriy javobgarlik joriy etish loyihasi ma’qullandi.
2026-02-03T14:53+0500
2026-02-03T14:53+0500
2026-02-03T14:53+0500
o‘zbekiston
jamiyat
yangi qonun
bezorilik
oliy majlis qonunchilik palatasi
qonunchilik
qoidabuzarlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0b/1a/46812159_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_347b60c837a7a38d98ed10cc3a4047b5.jpg
TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida ayrim qilmishlar uchun ma’muriy javobgarlikni joriy etishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda ma’qullandi.Qonun loyihasida quyidagilar uchun ma’muriy javobgarlik belgilash taklif etilmoqda:Loyiha mazkur huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlikni aniq belgilashni nazarda tutadi."Internet bezoriligi uchun javobgarlik bo‘ladi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasiga 1-qo‘shimcha bilan, ijtimoiy tarmoqlarda haqorat qilish, kamsitish, jamoat va fuqarolar osoyishtaligini buzadigan yoki shunga o‘xshash harakatlar uchun 5 million so‘mgacha jarima yoki 10 sutka qamoq belgilanmoqda", — deya ma’lum qildi deputat va "Milliy tiklanish" partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov.
https://oz.sputniknews.uz/20260121/ai-shaxs-malumotlar-ishlov-jarima-55116080.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0b/1a/46812159_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_1b34634aa4712ccc8eaf6521b0358de1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, qonunchilik palatasi, ma’muriy javobgarlik, internet, so‘kinish, targ‘ib, oav, garov mulki, jamoat tartibi
o‘zbekiston, qonunchilik palatasi, ma’muriy javobgarlik, internet, so‘kinish, targ‘ib, oav, garov mulki, jamoat tartibi
Internetda haqorat va bezorilik uchun jarima va qamoq jazosi joriy etilishi mumkin
Qonun loyihasida internetda so‘kinish, qurolli to‘qnashuvlarda qatnashishni targ‘ib qilish hamda garov mulkiga noqonuniy tasarruf uchun ma’muriy javobgarlik belgilash taklif etilmoqda.
TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida ayrim qilmishlar uchun ma’muriy javobgarlikni joriy etishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda
ma’qullandi.
Qonun loyihasida quyidagilar uchun ma’muriy javobgarlik belgilash taklif etilmoqda:
telekommunikatsiya tarmoqlari va internetda uyatli so‘zlar bilan so‘kinish, haqoratomuz shilqimlik qilish va jamoat tartibini buzish;
garovga qo‘yilgan mulkni ishonib topshirilgan shaxs tomonidan qonunga xilof tasarruf etish (oz yoki ko‘p bo‘lmagan miqdorda);
o‘zga davlat hududida yoki uning tarafini olib qurolli to‘qnashuvlar va harbiy harakatlarda qatnashishni targ‘ib qiluvchi materiallarni tarqatish, reklama qilish va namoyish etish;
shaxs tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlikni targ‘ib qiluvchi materiallarni OAV va internetda tarqatish.
Loyiha mazkur huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlikni aniq belgilashni nazarda tutadi.
"Internet bezoriligi uchun javobgarlik bo‘ladi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasiga 1-qo‘shimcha bilan, ijtimoiy tarmoqlarda haqorat qilish, kamsitish, jamoat va fuqarolar osoyishtaligini buzadigan yoki shunga o‘xshash harakatlar uchun 5 million so‘mgacha jarima yoki 10 sutka qamoq belgilanmoqda", —
deya ma’lum qildi deputat va "Milliy tiklanish" partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov.