https://oz.sputniknews.uz/20260121/ai-shaxs-malumotlar-ishlov-jarima-55116080.html
SI bilan shaxsiy ma’lumotga noqonuniy ishlov berganlik uchun 41 mln so‘mgacha jarima qo‘llanadi
SI bilan shaxsiy ma’lumotga noqonuniy ishlov berganlik uchun 41 mln so‘mgacha jarima qo‘llanadi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda sun’iy intellekt orqali shaxsiy ma’lumotlarga noqonuniy ishlov berish uchun javobgarlik belgilandi. Qonunga muvofiq, BHMning 50–100 baravarigacha jarima qo‘llanilishi mumkin.
2026-01-21T16:12+0500
2026-01-21T16:12+0500
2026-01-21T16:23+0500
sun’iy intellekt
jamiyat
javobgarlik
o‘zbekiston
jarima
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/1e/49119639_0:256:2731:1792_1920x0_80_0_0_b924d36c60ed0c7d38b739b130512b73.jpg
TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda sun’iy intellekt (SI) yordamida shaxsga doir ma’lumotlarga noqonuniy ishlov berganlik uchun javobgarlik belgilandi. Ayrim qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.Qonun bilan "Axborotlashtirish to‘g‘risida"gi qonunga quyidagilarga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi:Qonunga muvofiq, sun’iy intellekt — insonning bilim va ko‘nikmalariga taqlid qilish, mustaqil o‘rganish, yechimlarni izlash hamda aniq vazifalarni bajarishda inson aqliy faoliyati natijalari bilan taqqoslanadigan natijalarni olish imkonini beruvchi texnologik yechimlar majmui hisoblanadi.Shuningdek, sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda shaxsga doir ma’lumotlarga qonunga xilof ravishda ishlov berish, shu jumladan, ularni ommaviy axborot vositalari, telekommunikatsiya tarmoqlari yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish:Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
https://oz.sputniknews.uz/20251102/si-53167602.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/1e/49119639_0:0:2729:2047_1920x0_80_0_0_f0bce12d98d0649f60282b506cb214b6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sun’iy intellekt, shaxsga doir ma’lumotlar, javobgarlik, noqonuniy ishlov, axborotlashtirish to‘g‘risidagi qonun, bhm, jarima, internet, oav, telekommunikatsiya tarmoqlari, o‘zbekiston qonunchiligi
sun’iy intellekt, shaxsga doir ma’lumotlar, javobgarlik, noqonuniy ishlov, axborotlashtirish to‘g‘risidagi qonun, bhm, jarima, internet, oav, telekommunikatsiya tarmoqlari, o‘zbekiston qonunchiligi
SI bilan shaxsiy ma’lumotga noqonuniy ishlov berganlik uchun 41 mln so‘mgacha jarima qo‘llanadi
16:12 21.01.2026 (yangilandi: 16:23 21.01.2026) Shaxsga doir ma’lumotlarga qonunga xilof ishlov berish uchun ma’muriy javobgarlik joriy etildi.
TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda sun’iy intellekt (SI) yordamida shaxsga doir ma’lumotlarga noqonuniy ishlov berganlik uchun javobgarlik belgilandi. Ayrim qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartirish va
qo‘shimchalar kiritildi.
Qonun bilan "Axborotlashtirish to‘g‘risida"gi qonunga quyidagilarga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi:
sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning umumiy asoslarini belgilash;
ushbu sohada vakolatli davlat organining vakolatlarini aniqlashtirish.
Qonunga muvofiq, sun’iy intellekt — insonning bilim va ko‘nikmalariga taqlid qilish, mustaqil o‘rganish, yechimlarni izlash hamda aniq vazifalarni bajarishda inson aqliy faoliyati natijalari bilan taqqoslanadigan natijalarni olish imkonini beruvchi texnologik yechimlar majmui hisoblanadi.
Insonning huquq va erkinliklariga aloqador, yuridik ahamiyatga ega qarorlarni qabul qilishda faqat sun’iy intellekt asosida ishlaydigan axborot tizimlari xulosalariga tayanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Shuningdek, sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda shaxsga doir ma’lumotlarga qonunga xilof ravishda ishlov berish, shu jumladan, ularni ommaviy axborot vositalari, telekommunikatsiya tarmoqlari yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish:
huquqbuzarlikni sodir etish vositalarini musodara qilgan holda, bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha (41 million 200 ming so‘mgacha) jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.