https://oz.sputniknews.uz/20260202/uzbekistan-yaim-norasmiy-yashirin-iqtisodiyot-55421717.html
O‘zbekiston YaIMdagi norasmiy va yashirin iqtisodiyot - infografika
O‘zbekiston YaIMdagi norasmiy va yashirin iqtisodiyot - infografika
Sputnik O‘zbekiston
2025 yilda O‘zbekistonda norasmiy iqtisodiyot 498 trln so‘mga baholandi va YaIMning 26,9 foizini tashkil etdi. Uning katta qismi uy xo‘jaliklari faoliyatiga to‘g‘ri keladi, eng yuqori ulush qishloq xo‘jaligida qayd etilgan.
2026-02-02T09:55+0500
2026-02-02T09:55+0500
2026-02-02T14:44+0500
milliy statistika qo‘mitasi
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/02/55420865_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_eda063afb7ec2b4601d6e74aef672546.png
2025 yil yanvar-dekabr oylarida O‘zbekistonda uy xo‘jaliklari, jismoniy shaxslar faoliyati va yashirin operatsiyalarni qamrab olgan norasmiy iqtisodiyot hajmi 498 045,2 milliard so‘m deb baholangan. Bu ko‘rsatkich respublika yalpi ichki mahsulotining 26,9 foiziga teng.Bir yil oldin ushbu ulush 34,8 foizni tashkil etgani qayd etiladi.Kuzatilmaydigan iqtisodiyot tarkibida 29,5 foiz (147 005 mlrd so‘m) yashirin iqtisodiyot hissasiga, 70,5 foiz (351 040 mlrd so‘m) esa uy xo‘jaliklari va jismoniy shaxslar tomonidan rasmiy ro‘yxatdan o‘tmasdan amalga oshiriladigan faoliyatga to‘g‘ri keladi.Sohalar kesimida eng katta ulush qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligiga — 62,6 foiz. Shuningdek, qurilishda 23,5 foiz, xizmatlar sohasida 26,9 foiz va sanoatda 9,4 foiz ulush qayd etilgan.Kuzatilmaydigan iqtisodiyot tushunchasi rasmiy statistikada to‘liq aks etmaydigan barcha turdagi iqtisodiy faoliyatni qamrab oladi.Batafsil — Sputnik O‘zbekiston infografikasida.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/02/55420865_160:0:1120:720_1920x0_80_0_0_f1d1c968994f80dd1c2ece35d9e3ee90.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, norasmiy iqtisodiyot, yaim, qishloq xo‘jaligi, uy xo‘jaliklari, yashirin iqtisodiyot, qurilish, xizmatlar, sanoat, statistika
o‘zbekiston, norasmiy iqtisodiyot, yaim, qishloq xo‘jaligi, uy xo‘jaliklari, yashirin iqtisodiyot, qurilish, xizmatlar, sanoat, statistika
O‘zbekiston YaIMdagi norasmiy va yashirin iqtisodiyot - infografika
09:55 02.02.2026 (yangilandi: 14:44 02.02.2026) Ma’lumotlarga ko‘ra, norasmiy sektorning 29,5 foizi yashirin operatsiyalarga, 70,5 foizi esa rasmiy ro‘yxatdan o‘tmagan uy xo‘jaliklari va jismoniy shaxslar faoliyatiga to‘g‘ri keladi.
2025 yil yanvar-dekabr oylarida O‘zbekistonda uy xo‘jaliklari, jismoniy shaxslar faoliyati va yashirin operatsiyalarni qamrab olgan norasmiy iqtisodiyot hajmi 498 045,2 milliard so‘m deb baholangan. Bu ko‘rsatkich respublika yalpi ichki mahsulotining 26,9 foiziga teng.
Bir yil oldin ushbu ulush 34,8 foizni tashkil etgani qayd etiladi.
Kuzatilmaydigan iqtisodiyot tarkibida 29,5 foiz (147 005 mlrd so‘m) yashirin iqtisodiyot hissasiga, 70,5 foiz (351 040 mlrd so‘m) esa uy xo‘jaliklari va jismoniy shaxslar tomonidan rasmiy ro‘yxatdan o‘tmasdan amalga oshiriladigan faoliyatga to‘g‘ri keladi.
Sohalar kesimida eng katta ulush qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligiga — 62,6 foiz. Shuningdek, qurilishda 23,5 foiz, xizmatlar sohasida 26,9 foiz va sanoatda 9,4 foiz ulush qayd etilgan.
Kuzatilmaydigan iqtisodiyot tushunchasi rasmiy statistikada to‘liq aks etmaydigan barcha turdagi iqtisodiy faoliyatni qamrab oladi.
Batafsil —
Sputnik O‘zbekiston infografikasida.