O‘zbekiston YaIMdagi norasmiy va yashirin iqtisodiyot - infografika

Obuna bo‘lish
Ma’lumotlarga ko‘ra, norasmiy sektorning 29,5 foizi yashirin operatsiyalarga, 70,5 foizi esa rasmiy ro‘yxatdan o‘tmagan uy xo‘jaliklari va jismoniy shaxslar faoliyatiga to‘g‘ri keladi.
2025 yil yanvar-dekabr oylarida O‘zbekistonda uy xo‘jaliklari, jismoniy shaxslar faoliyati va yashirin operatsiyalarni qamrab olgan norasmiy iqtisodiyot hajmi 498 045,2 milliard so‘m deb baholangan. Bu ko‘rsatkich respublika yalpi ichki mahsulotining 26,9 foiziga teng.
Bir yil oldin ushbu ulush 34,8 foizni tashkil etgani qayd etiladi.
Kuzatilmaydigan iqtisodiyot tarkibida 29,5 foiz (147 005 mlrd so‘m) yashirin iqtisodiyot hissasiga, 70,5 foiz (351 040 mlrd so‘m) esa uy xo‘jaliklari va jismoniy shaxslar tomonidan rasmiy ro‘yxatdan o‘tmasdan amalga oshiriladigan faoliyatga to‘g‘ri keladi.
Sohalar kesimida eng katta ulush qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligiga — 62,6 foiz. Shuningdek, qurilishda 23,5 foiz, xizmatlar sohasida 26,9 foiz va sanoatda 9,4 foiz ulush qayd etilgan.
Kuzatilmaydigan iqtisodiyot tushunchasi rasmiy statistikada to‘liq aks etmaydigan barcha turdagi iqtisodiy faoliyatni qamrab oladi.
Batafsil — Sputnik O‘zbekiston infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0