Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Kiyev viloyatida harbiylarga dezertirlikka yordam bergan guruh fosh etildi

© Sputnik / StringerTablichka na zdanii Gosudarstvennogo buro rassledovaniya v Kiyeve.
Tablichka na zdanii Gosudarstvennogo buro rassledovaniya v Kiyeve. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.02.2026
Obuna bo‘lish
Ukraina DTB ma’lumotiga ko‘ra, Kiyev viloyatida harbiylarni dezertirlik va safarbarlikdan qochishga yordam bergan guruh faoliyati to‘xtatildi.
TOShKENT, 2 fev — Sputnik Kiyev viloyatida harbiy komissariat xodimlari va harbiy qism psixologi harbiylarga Ukraina Qurolli kuchlari saflaridan qochishga yordam bergani ma’lum qilindi. Bu haqda RIA Novosti Ukraina Davlat tergov burosi (DTB) xabariga tayanib ma’lum qildi.
DTB ma’lumotiga ko‘ra, Kiyev viloyatida dezertirlik va safarbarlik sohasidagi boshqa jinoyatlarga tizimli ravishda ko‘maklashgan bir guruh shaxslar faoliyati to‘xtatilgan. Ular orasida harbiy qism psixologi, uning advokat ukasi, shuningdek, RTMK (Ukrainada harbiy komissariatlar shunday ataladi)ning ayrim mansabdorlari bo‘lgan.
Idora ma’lumotiga ko‘ra, gumonlanuvchilar pul evaziga safarbarlikdan bo‘yin tovlash va UQK saflaridan dezertirlik qilishga yordam bergan.
Xabarda aytilishicha, ular harbiylarning o‘zboshimchalik bilan xizmatni tark etishini tashkil etgan, jumladan, o‘quv markazlaridan qochish va keyinchalik front orti bo‘linmalariga o‘tkazishni va’da qilgan. Shuningdek, harbiy xizmatga majbur shaxslarga safarbarlikdan qochishda ko‘mak bergan.
Kiyev rejimi so‘nggi paytlarda Ukraina Qurolli kuchlarida shaxsiy tarkib yetishmovchiligiga duch keldi va harbiy komissariat xodimlarining safarbar qilinishi kerak bo‘lgan fuqarolarni hibsga olish bo‘yicha zo‘ravonlik harakatlari doimiy ravishda janjallarga va noroziliklarga sabab bo‘lmoqda.
Evakuatsiya bejensev spesnazom Axmat iz Sudjanskogo rayona - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.01.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ukraina "voyenkomat"lari haqidagi xabarlar: hojatxonadan olib ketish va boshqa holatlar
Yangiliklar lentasi
0