https://oz.sputniknews.uz/20260126/ukraine-voenkomatlar-xabarlar-55270355.html
Ukraina "voyenkomat"lari haqidagi xabarlar: hojatxonadan olib ketish va boshqa holatlar
Ukraina "voyenkomat"lari haqidagi xabarlar: hojatxonadan olib ketish va boshqa holatlar
Sputnik O‘zbekiston
Ukraina media va "Telegram"da TSK bilan bog‘liq videolar, chegaradagi hodisa, tekshiruvlar va "Vtecha z TSK" o‘yini muhokama qilinmoqda.
2026-01-26T12:29+0500
2026-01-26T12:29+0500
2026-01-26T12:40+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyo yangiliklari
dunyoda
ukraina
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/1b/48592660_0:120:3072:1848_1920x0_80_0_0_41e581850ba7e438b81104dce17f6d76.jpg
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. So‘nggi hafta, 18–25 yanvar kunlari Ukraina va xorijiy OAV hamda Telegram-kanallarida hududiy butlash markazlari (HBM) — harbiy komissariatlar faoliyati bilan bog‘liq qator shov-shuvli holatlar muhokama qilindi.Chernovsida tarqalgan videoda guvohlar aralashib, harbiy komissariat xodimlarining erkakni olib ketishiga to‘sqinlik qilgani aytiladi.Dnepropetrovsk viloyatida UPChning Muqaddas Ruh monastiri ruhoniysi ota Andrey Ilman uyi yonida qo‘lga olingani haqida Telegram-kanallarda xabar berildi. Avvalroq deputat Artom Dmitruk UPChning bir necha ruhoniylari safarbar etilganini ma’lum qilgan edi."Strana.ua" nashri harbiy xizmatchiga tayanib xabar berishicha, Odessada safarbar etilganlar orasida giyohvandlikka moyilligi, salomatlik muammolari bor va keksa yoshdagi fuqarolar ham uchrayotgani aytilgan.Ukraina Davlat tergov burosi Nikolayev viloyatida harbiy xizmatga majburlarni sog‘lig‘i bo‘yicha tasdiqlovchi hujjatlarsiz ro‘yxatdan chiqarish bilan bog‘liq sxemani oshkor qilganini ma’lum qildi. Tergovga ko‘ra, bunday "xizmat" uchun 10 ming dollargacha pul olingan.OAVlarda Slovakiya bilan chegaradagi holat ham yoritildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, reys avtobusi haydovchisi nazorat punktida harbiy komissariat qidiruvida ekanini bilib, avtobusni orqaga burgan va Slovakiya tomon yo‘l olgan. Chegarachilar transportni to‘xtatgan, biroq haydovchi yo‘lovchilar va avtobusni tashlab, qochib ketgani aytiladi.Izmailda avtoservis xodimlari ish joyidagi avtoslesarni olib ketmoqchi bo‘lgan harbiy komissariat xodimlari bilan mushtlashgan.Rovnoda ham erkakni qo‘lga olishda kuch ishlatilgani aks etgan videolar tarqaldi. Poltavada esa erkak yoqilg‘i quyish shoxobchasidagi hojatxonaga yashiringan. Tarqalgan xabarlarga ko‘ra, harbiy komissariat xodimlari uning ortidan kirib, hojatxona eshigini buzib ochgan va erkakni u yerdan olib ketgan.Bundan tashqari, Ukrainaning App Store va Google Play platformalarida "Vtecha z TSK" ("HBMdan qochish") nomli o‘yin paydo bo‘lgani xabar qilinmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘yin "harbiy qamoqxonadan qochish" simulyatori bo‘lib, o‘yinchiga yer osti tunnellari qazish, qo‘riqchilarni aylanib o‘tish, ko‘nikma va asboblarni takomillashtirish, shuningdek, boshqa mahbuslar bilan buyum almashish imkoniyati taklif qilinadi.
https://oz.sputniknews.uz/20251204/dezertirlar-ukraine-armiya-53945679.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/1b/48592660_177:0:2908:2048_1920x0_80_0_0_52907293d193dbeafb1ce584412e96fd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
tsk ukraina, voyenkomat ukraina, tsk video, tsk odessa, tsk poltava hojatxona, tsk chernovsi, tsk svashennik, tsk krishnait, tsk 10000 dollar, tsk avtobus slovakiya, vtecha z tsk o‘yin, tsk app store, tsk google play
tsk ukraina, voyenkomat ukraina, tsk video, tsk odessa, tsk poltava hojatxona, tsk chernovsi, tsk svashennik, tsk krishnait, tsk 10000 dollar, tsk avtobus slovakiya, vtecha z tsk o‘yin, tsk app store, tsk google play
Ukraina "voyenkomat"lari haqidagi xabarlar: hojatxonadan olib ketish va boshqa holatlar
12:29 26.01.2026 (yangilandi: 12:40 26.01.2026) 18–25 yanvar kunlari Ukraina OAV va Telegram-kanallarida TSK faoliyati bilan bog‘liq qator videolar, mojarolar va hatto mobil o‘yin muhokama qilindi.
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. So‘nggi hafta, 18–25 yanvar kunlari Ukraina va xorijiy OAV hamda Telegram-kanallarida hududiy butlash markazlari (HBM) — harbiy komissariatlar faoliyati bilan bog‘liq qator shov-shuvli holatlar
muhokama qilindi.
Chernovsida tarqalgan videoda guvohlar aralashib, harbiy komissariat xodimlarining erkakni olib ketishiga to‘sqinlik qilgani aytiladi.
Dnepropetrovsk viloyatida UPChning Muqaddas Ruh monastiri ruhoniysi ota Andrey Ilman uyi yonida qo‘lga olingani haqida Telegram-kanallarda xabar berildi. Avvalroq deputat Artom Dmitruk UPChning bir necha ruhoniylari safarbar etilganini ma’lum qilgan edi.
Shu hududda krishnait va patsifist Aleksandr Shirkov haqida ham yozildi. Xabarlarga ko‘ra, u Konstitutsiyada belgilangan muqobil fuqarolik xizmati huquqini talab qilgan, ammo safarbar qilinib, birinchi topshiriqda halok bo‘lgan.
"Strana.ua" nashri harbiy xizmatchiga tayanib xabar berishicha, Odessada safarbar etilganlar orasida giyohvandlikka moyilligi, salomatlik muammolari bor va keksa yoshdagi fuqarolar ham uchrayotgani aytilgan.
Ukraina Davlat tergov burosi Nikolayev viloyatida harbiy xizmatga majburlarni sog‘lig‘i bo‘yicha tasdiqlovchi hujjatlarsiz ro‘yxatdan chiqarish bilan bog‘liq sxemani oshkor qilganini ma’lum qildi. Tergovga ko‘ra, bunday "xizmat" uchun 10 ming dollargacha pul olingan.
OAVlarda Slovakiya bilan chegaradagi holat ham yoritildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, reys avtobusi haydovchisi nazorat punktida harbiy komissariat qidiruvida ekanini bilib, avtobusni orqaga burgan va Slovakiya tomon yo‘l olgan. Chegarachilar transportni to‘xtatgan, biroq haydovchi yo‘lovchilar va avtobusni tashlab, qochib ketgani aytiladi.
Izmailda avtoservis xodimlari ish joyidagi avtoslesarni olib ketmoqchi bo‘lgan harbiy komissariat xodimlari bilan mushtlashgan.
Rovnoda ham erkakni qo‘lga olishda kuch ishlatilgani aks etgan videolar tarqaldi.
Poltavada esa erkak yoqilg‘i quyish shoxobchasidagi hojatxonaga yashiringan. Tarqalgan xabarlarga ko‘ra, harbiy komissariat xodimlari uning ortidan kirib, hojatxona eshigini buzib ochgan va erkakni u yerdan olib ketgan.
Shuningdek, onkologik kasallikka chalingan erkak nogironlik guruhidan mahrum qilinib, xizmatga yaroqli deb topilgani haqidagi holat ham muhokama qilinmoqda.
Bundan tashqari, Ukrainaning App Store va Google Play platformalarida "Vtecha z TSK" ("HBMdan qochish") nomli o‘yin paydo bo‘lgani xabar qilinmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘yin "harbiy qamoqxonadan qochish" simulyatori bo‘lib, o‘yinchiga yer osti tunnellari qazish, qo‘riqchilarni aylanib o‘tish, ko‘nikma va asboblarni takomillashtirish, shuningdek, boshqa mahbuslar bilan buyum almashish imkoniyati taklif qilinadi.