https://oz.sputniknews.uz/20260201/trump-obama-qamoq-olinish-chaqiriq-55412697.html
Tramp AQSh sobiq prezidenti Obamani darhol qamoqqa olishga chaqirdi—The American Conservative
Tramp AQSh sobiq prezidenti Obamani darhol qamoqqa olishga chaqirdi—The American Conservative
Sputnik O‘zbekiston
Tramp Truth Social’dagi postida Obamani 2016-yilgi saylovlar davrida davlat to‘ntarishiga urinishda ayblab, uni hibsga olishga chaqirdi.
2026-02-01T11:50+0500
2026-02-01T11:50+0500
2026-02-01T11:55+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
siyosat
saylovlar
donald tramp
barak obama
qamoq
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/0d/36837505_0:0:2722:1532_1920x0_80_0_0_36c8d4385f5d973d1c12061f4b8a8daa.jpg
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Truth Social sahifasida sobiq prezident Barak Obamani hibsga olishga chaqirdi. Bu haqda The American Conservative nashri xabar berdi.Nashr yozishicha, Tramp postida Obamani 2016-yilgi saylovlar davrida “davlat to‘ntarishiga urinish”da ayblagan va Milliy razvedka direktori Tulsi Gabbard tomonidan “Russiagate” ishiga oid hujjatlar e’lon qilinganini tilga olgan.Trampning bayonotiga ko‘ra, Gabbard e’lon qilgan ushbu hujjatlar Obama Markaziy razvedka boshqarmasi agentlariga Tramp haqida soxta razvedka ma’lumotlari tayyorlashni shaxsan topshirganini ko‘rsatadi. Uning ta’kidlashicha, bu harakat amerikaliklarning demokratiyaga va uning 2016-yilgi g‘alabasiga bo‘lgan ishonchini susaytirishga qaratilgan bo‘lgan.Tramp postida shunday deyiladi:Nashr ta’kidlashicha, bu chaqiriq FBR tomonidan Jorjiya shtatidagi Fulton okrugi saylov idorasidan 2020-yilgi saylovlarga oid hujjatlar olib qo‘yilgani haqidagi xabarlardan so‘ng yangragan. Ushbu jarayonda Gabbard va FBR rahbariyati vakillari ishtirok etgani aytilmoqda.Hozircha Obama tomonidan mazkur bayonotlarga rasmiy munosabat bildirilmagan.Ma’lumot uchun, “Russiagate” — 2016-yilgi AQSh saylovlariga Rossiya aralashgani haqidagi da’volar bilan bog‘liq siyosiy mojaro nomi. Ayrim siyosatchilar va tahlilchilar buni tasdiqlanmagan ayblovlar va soxta ma’lumotlarga tayangan kampaniya, deb baholaydi.
https://oz.sputniknews.uz/20260125/kreml-mabuot-kotib-intervyu-55255140.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/0d/36837505_0:0:2722:2042_1920x0_80_0_0_a3f7ffe35cd39d84f608913cb2d96295.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
donald tramp, barak obama, truth social, the american conservative, russiagate, tulsi gabbard, fbr, 2020 saylov, fulton okrugi, aqsh siyosati
donald tramp, barak obama, truth social, the american conservative, russiagate, tulsi gabbard, fbr, 2020 saylov, fulton okrugi, aqsh siyosati
Tramp AQSh sobiq prezidenti Obamani darhol qamoqqa olishga chaqirdi—The American Conservative
11:50 01.02.2026 (yangilandi: 11:55 01.02.2026) Tramp iddaosiga ko‘ra, Obama 2016-yilgi AQSh saylovlariga Rossiya aralashuvi haqidagi soxta hujjatlar tayyorlashni razvedka xizmatiga topshirgan. Shu da’vo ortidan u Obamani qamoqqa olishga chaqirgan
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Truth Social sahifasida sobiq prezident Barak Obamani hibsga olishga chaqirdi. Bu haqda The American Conservative nashri
xabar berdi.
Nashr yozishicha, Tramp postida Obamani 2016-yilgi saylovlar davrida “davlat to‘ntarishiga urinish”da ayblagan va Milliy razvedka direktori Tulsi Gabbard tomonidan “Russiagate” ishiga oid hujjatlar e’lon qilinganini tilga olgan.
Trampning bayonotiga ko‘ra, Gabbard e’lon qilgan ushbu hujjatlar Obama Markaziy razvedka boshqarmasi agentlariga Tramp haqida soxta razvedka ma’lumotlari tayyorlashni shaxsan topshirganini ko‘rsatadi. Uning ta’kidlashicha, bu harakat amerikaliklarning demokratiyaga va uning 2016-yilgi g‘alabasiga bo‘lgan ishonchini susaytirishga qaratilgan bo‘lgan.
Tramp postida shunday deyiladi:
Bu Barak Husayn Obama va uning hamtovoqlarining davlat to‘ntarishiga urinishi edi… Jessi Uotters aytganidek, “Bu yigitlarga nima bo‘lsa ham, bu qasos emas… bu javobgarlik. Odamlar buning badalini to‘laydigan vaqt keldi.” OBAMANI HOZIROQ QAMOQQA OLING!
Nashr ta’kidlashicha, bu chaqiriq FBR tomonidan Jorjiya shtatidagi Fulton okrugi saylov idorasidan 2020-yilgi saylovlarga oid hujjatlar olib qo‘yilgani haqidagi xabarlardan so‘ng yangragan. Ushbu jarayonda Gabbard va FBR rahbariyati vakillari ishtirok etgani aytilmoqda.
Hozircha Obama tomonidan mazkur bayonotlarga rasmiy munosabat bildirilmagan.
Ma’lumot uchun, “Russiagate” — 2016-yilgi AQSh saylovlariga Rossiya aralashgani haqidagi da’volar bilan bog‘liq siyosiy mojaro nomi. Ayrim siyosatchilar va tahlilchilar buni tasdiqlanmagan ayblovlar va soxta ma’lumotlarga tayangan kampaniya, deb baholaydi.