Tramp kuch orqali ish ko‘radi, egilganlar yana egilaveradi — Kreml matbuot kotibi intervyusi
19:07 25.01.2026 (yangilandi: 10:29 26.01.2026)

© RIA Novosti / POOL
/ Obuna bo‘lish
Dmitriy Peskov "Rossiya 1"ga intervyusida Tramp, Yevropa, Ukraina, Kanada va energetika masalalari yuzasidan bir qator keskin bayonotlar berdi.
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Tramp barcha masalalarni kuch orqali hal qilish tarafdori va kim egilsa, yana egilishda davom etaveradi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot xizmati rahbari Dmitriy Peskov "Rossiya 1" telekanaliga bergan intervyusida aytdi.
Peskovning boshqa bayonotlari:
Bu o‘zgarishlarning barchasi (AQSh va Yevropa munosabatlarida) ehtimol, Yevropada o‘nlab yillar davomida hukmronlik qilgan o‘sha ikki tomonlama standartlar va ikkiyuzlamachilikning natijasidir;
Tramp barcha masalalarni kuch orqali hal qilish tarafdori. Va kim egilsa, u yana egilishda davom etaveradi. Eng muhimi — Rossiya bilan bunday qilmaslik;
Tramp — tajribali siyosatchi, u o‘z yondashuvlarini shafqatsiz, beshafqat biznes tamoyillariga asoslaydi;
Tramp Makron bilan yozishmalarni (matnini -tahr.) e’lon qilgani fonida barcha yevropaliklar tom ma’noda oyoqqa turdi. Ammo Makron Putin bilan suhbatni e’lon qilganida hech kim oyoqqa turmadi;
Tramp qo‘llaydigan usullar bizning ko‘p qutbli dunyo haqidagi yondashuvlarimizga to‘liq mos kelmaydi;
Tramp o‘z manfaatlarini, va albatta, birinchi navbatda, o‘z mamlakati manfaatlarini himoya qiladi;
AQSh Ukraina masalasida shoshilmoqda, ularni tushunish mumkin;
Putin jiddiy muzokaralar bo‘layotgan vaqtga e’tibor bermaydi" (Kremlda Uitkoff bilan kechgi muzokaralar haqida);
Ukrainaning hududiy masalasi bo‘yicha “Ankorij formulasi”ni amalga oshirish muzokaralar jarayonini tez sur’atlarda ilgari surish imkonini beradi;
Kanada bosh vaziri AQSh haqidagi bayonotlaridan so‘ng darhol “Tinchlik kengashi”ga a’zo bo‘lish taklifidan mahrum etildi;
Kanadani mamlakat bosh vazirining AQSh haqidagi bayonotidan so‘ng katta bosh og‘rig‘i kutishi mumkin;
Biz boshidanoq oldinda juda qiyin va uzoq yo‘l borligini aytganmiz. Bu tez yo‘l emas (Ukraina mojarosi yechimi haqida);
Rossiya harbiylari Grenlandiyada “oltin gumbaz” raketaga qarshi mudofaa tizimi paydo bo‘lishi mumkinligi haqidagi rejalarni diqqat bilan tahlil qiladi;
Kiyev rejimi beruvchining qo‘lini tishlashga tayyor" (Zelenskiyning Yevropani tanqid qilgani haqida);
Afsuski, Yevropa hokimiyat tepasida turgan siyosatchilarning aynimoqda. Bundan butun xalqaro munosabatlar tizimi aziyat chekmoqda. Ular bilimsiz;
Na Rossiya, na AQSh Kallas (YeI tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili) bilan hech qachon hech narsani muhokama qilmaydi, uning ketishini kutish kerak;
Yevropa o‘z qo‘li bilan Rossiya bilan energetika sohasida hamkorlikdan voz kechib, o‘ziga tuzoq qo‘ydi;
Biz keskin jahon raqobati sharoitida ishladik. Hozir esa ular (yevropaliklar) ongli ravishda dunyodagi asosiy sotuvchilardan biridan voz kechganlaridan so‘ng shartlarni belgilaydigan boshqa asosiy sotuvchiga qaram bo‘lib qolishdi;
Rossiyaga qaramlik aslida shartli edi, bu o‘zaro bog‘liqlik edi. Biz sotuvchi sifatida ularga bog‘liq edik, ular xaridor sifatida bizga bog‘liq edi.

