https://oz.sputniknews.uz/20260129/who-maktab-soglom-ovqatlanish-qollanma-55352910.html
Bolalar orasida semirish ortmoqda — JSST maktablarda sog‘lom ovqatlanish qo‘llanmasini chiqardi
Bolalar orasida semirish ortmoqda — JSST maktablarda sog‘lom ovqatlanish qo‘llanmasini chiqardi
Sputnik O‘zbekiston
JSST maktablarda sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha ilk global tavsiyalarni e’lon qildi. Zararli mahsulotlar kamaytirilib, foydali oziq-ovqat ulushi oshiriladi.
2026-01-29T17:58+0500
2026-01-29T17:58+0500
2026-01-29T17:58+0500
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
jsst
ovqatlanish
jamiyat
bolalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/02/27716067_0:130:3181:1919_1920x0_80_0_0_e3e4cbde0bd59ca67696dbca9a797f6e.jpg
TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan maktablarda sog‘lom ovqatlanishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ilk global tavsiyalar e’lon qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.JSST rahbariyati fikricha, umumta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlanishni ta’minlash kelgusida ko‘plab kasalliklarning oldini olishga xizmat qiladi.Tashkilot ushbu qo‘llanmani amaliyotga joriy etishda davlatlarga texnik ko‘mak ko‘rsatishni rejalashtirmoqda.Ma’lum qilinishicha, so‘nggi yillarda bolalar o‘rtasida ortiqcha vazn va semirish holatlari keskin ortib bormoqda. 2025-yilda ilk bor bolalar o‘rtasida semirish ko‘rsatkichi ozg‘inlikdan ancha yuqori bo‘ldi. Har o‘ninchi bola semirishdan aziyat chekmoqda, 391 million nafar bola va o‘smir ortiqcha vaznga ega.Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda maktab oshxonalarida o‘quvchilar sog‘ligi uchun zararli mahsulotlar tayyorlanishi va sotilishi taqiqlangan.
https://oz.sputniknews.uz/20250914/kuz-bolalar-tavsiya-51953801.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/02/27716067_137:0:2868:2048_1920x0_80_0_0_5a1be1769129621c71abd098b29be0f7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jsst, maktab oshxonasi, sog‘lom ovqatlanish, shakar, tuz, transog‘lar, bolalar semirishi, meva-sabzavot, o‘zbekiston
jsst, maktab oshxonasi, sog‘lom ovqatlanish, shakar, tuz, transog‘lar, bolalar semirishi, meva-sabzavot, o‘zbekiston
Bolalar orasida semirish ortmoqda — JSST maktablarda sog‘lom ovqatlanish qo‘llanmasini chiqardi
JSST maktablarda sog‘lom ovqatlanishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ilk global tavsiyalarni e’lon qildi. Unda zararli mahsulotlarni kamaytirish va foydali oziq-ovqat ulushini oshirishga urg‘u berilgan.
TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan maktablarda sog‘lom ovqatlanishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ilk global tavsiyalar e’lon qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi.
JSST rahbariyati fikricha, umumta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlanishni ta’minlash kelgusida ko‘plab kasalliklarning oldini olishga xizmat qiladi.
Tavsiyalarda maktablarda shakar, tuz va transog‘lar kabi zararli mahsulotlar iste’molini kamaytirish, aksincha meva-sabzavot, yong‘oq, don va dukkakli mahsulotlar ulushini oshirish zarurligi qayd etilgan.
Tashkilot ushbu qo‘llanmani amaliyotga joriy etishda davlatlarga texnik ko‘mak ko‘rsatishni rejalashtirmoqda.
Ma’lum qilinishicha, so‘nggi yillarda bolalar o‘rtasida ortiqcha vazn va semirish holatlari keskin ortib bormoqda. 2025-yilda ilk bor bolalar o‘rtasida semirish ko‘rsatkichi ozg‘inlikdan ancha yuqori bo‘ldi. Har o‘ninchi bola semirishdan aziyat chekmoqda, 391 million nafar bola va o‘smir ortiqcha vaznga ega.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda maktab oshxonalarida o‘quvchilar sog‘ligi uchun zararli mahsulotlar tayyorlanishi va sotilishi taqiqlangan.