Bosh prokuratura: 1,2 mingdan ziyod kishiga soxta haydovchilik guvohnomasi berilgan

© SputnikHaydovchilik guvohnomasi, arxiv surat
Haydovchilik guvohnomasi, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.01.2026
Obuna bo‘lish
Bosh prokuraturaga ko‘ra, 8 hududda 1 200 dan ortiq fuqaroga soxta haydovchilik guvohnomasi berilgan. Ularning 3 nafari sodir etgan YTH oqibatida vafot etgan
TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. Sakkizta viloyatda 1 200 nafardan ortiq fuqaroga soxta haydovchilik guvohnomalari rasmiylashtirib berilgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rasmiy bayonot berdi.
Holatlar Toshkent shahri, Surxondaryo, Samarqand, Sirdaryo, Namangan, Navoiy, Andijon va Qashqadaryo viloyatlarida qayd etilgan.
Mazkur holat yuzasidan Davlat xizmatlari markazi xodimlari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tahlillarga ko‘ra, soxta guvohnoma olgan 455 nafar shaxs 1 305-marta YHQni buzgan. Ularning 9 nafari yo‘l-transport hodisasi sodir etgan, oqibatda 6 nafar tan jarohati olgan, 3 nafar vafot etgan.
Hozirda soxta guvohnomalar va ularni rasmiylashtirishga asos bo‘lgan hujjatlar tekshirilmoqda. Bosh prokuratura soxta hujjatlardan foydalanish qonun bilan taqiqlanganini eslatdi.
Teoreticheskie i prakticheskie zanyatiya v avtoshkole DOSAAF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2025
Avtomaktablarda nazariy darslarda qatnashish ixtiyoriy bo‘ladi
Yangiliklar lentasi
0