https://oz.sputniknews.uz/20251027/avtomaktablar-nazariy-darslar-ixtiyoriy-53009088.html
Avtomaktablarda nazariy darslarda qatnashish ixtiyoriy bo‘ladi
Avtomaktablarda nazariy darslarda qatnashish ixtiyoriy bo‘ladi
Sputnik O‘zbekiston
2026 yil 1-fevraldan boshlab A va B toifadagi haydovchilik guvohnomasini olish uchun fuqarolar o‘quv dasturining nazariy qismini mustaqil o‘zlashtirishi mumkin bo‘ladi, buning uchun avtomaktablarda o‘qish majburiy bo‘lmaydi.
2025-10-27T13:16+0500
2025-10-27T13:16+0500
2025-10-27T13:25+0500
jamiyat
o‘zbekiston
haydovchilik guvohnomasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/0b/17668723_0:0:3227:1816_1920x0_80_0_0_6dfe88715f960c2b5fe39e27447a3652.jpg
TOShKENT, 27 okt – Sputnik. O‘zbekistonda 2026-yil 1-fevraldan haydovchilik guvohnomasini olish uchun avtomaktablarda o‘quv dasturining nazariy qismini o‘rganish shartligi bekor qilinadi. Bu Vazirlar Mahkamasining 25-oktabrdagi qarori bilan belgilandi, deb xabar berdi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (YHXX).Bunda talabgorlar:Shuningdek, 2026-yil 1-fevraldan e’tiboran A va V toifadagi transport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash o‘quv guruhlarini Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatida ro‘yxatga olish tartibi bekor qilinadi.3 oy muddat ichida yo‘l harakati qoidalari, transportni boshqarish xavfsizligi va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga ko‘maklashuvchi elektron o‘quv materiallari ishlab chiqilishi lozim. Bu materiallar barcha uchun ochiq bo‘ladi.Qarorga asosan, haydovchilik huquqidan mahrum etilgan shaxslarning transport vositalarini boshqarish huquqini olish uchun o‘qitish va imtihonlarni topshirish bo‘yicha alohida tartib joriy etilishi ham belgilandi. IIV bu tartibni 2 oy ichida ishlab chiqib, hukumatga kiritishi kerak.Shuningdek, 2026-yil 1-yanvardan moped va skuterlarni boshqarish uchun A1 kichik toifasi joriy etiladi. Eng asosiysi, A1 toifasini olish uchun avtomaktablarda o‘qish shart emas, to‘g‘ridan-to‘g‘ri imtihon topshirish huquqi beriladi.2026 yil 1-apreldan yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda yo‘llarda o‘lim holatlarining oldini olish maqsadida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimlari orqali qayd etilgan qoidabuzarliklar uchun jarima ballari hisoblanadi.
https://oz.sputniknews.uz/20250529/haydovchilar-jarima-49597557.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/0b/17668723_217:0:2948:2048_1920x0_80_0_0_89bc75660776d13b266bcc6fe8475bde.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
avtomaktablar nazariy darslar ixtiyoriy qonun ma’lumot
avtomaktablar nazariy darslar ixtiyoriy qonun ma’lumot
Avtomaktablarda nazariy darslarda qatnashish ixtiyoriy bo‘ladi
13:16 27.10.2025 (yangilandi: 13:25 27.10.2025) A va B toifadagi haydovchilik guvohnomasini olish uchun avtomaktablarda nazariy bilim olish majburiy bo‘lmaydi. Uni mustaqil o‘zlashtirish mumkin.
TOShKENT, 27 okt – Sputnik. O‘zbekistonda 2026-yil 1-fevraldan haydovchilik guvohnomasini olish uchun avtomaktablarda o‘quv dasturining nazariy qismini o‘rganish shartligi bekor qilinadi. Bu Vazirlar Mahkamasining 25-oktabrdagi qarori bilan belgilandi, deb
xabar berdi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (YHXX).
“2026 yil 1-fevraldan boshlab A va B toifadagi haydovchilik guvohnomasini olish uchun fuqarolar o‘quv dasturining nazariy qismini mustaqil o‘zlashtirishi mumkin bo‘ladi, buning uchun avtomaktablarda o‘qish majburiy bo‘lmaydi”, - deyilgan xabarda.
o‘z ixtiyoriga ko‘ra nazariy bilimlarni olish uchun o‘quv kurslarida (onlayn yoki oflayn shaklda) o‘qiydi yoxud mustaqil tayyorlanadi;
majburiy o‘quv dasturida belgilangan amaliy mashg‘ulotlarni avtomaktablarda to‘liq bajaradi;
amaliy mashg‘ulotlarda to‘liq qatnashgandan so‘ng haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni topshiradi;
amaliy mashg‘ulotlardan o‘tgani haqidagi ma’lumotnoma elektron tarzda shakllantiriladi.
Shuningdek, 2026-yil 1-fevraldan e’tiboran A va V toifadagi transport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash o‘quv guruhlarini Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatida ro‘yxatga olish tartibi bekor qilinadi.
3 oy muddat ichida yo‘l harakati qoidalari, transportni boshqarish xavfsizligi va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga ko‘maklashuvchi elektron o‘quv materiallari ishlab chiqilishi lozim. Bu materiallar barcha uchun ochiq bo‘ladi.
Qarorga asosan, haydovchilik huquqidan mahrum etilgan shaxslarning transport vositalarini boshqarish huquqini olish uchun o‘qitish va imtihonlarni topshirish bo‘yicha alohida tartib joriy etilishi ham belgilandi. IIV bu tartibni 2 oy ichida ishlab chiqib, hukumatga kiritishi kerak.
Shuningdek, 2026-yil 1-yanvardan moped va skuterlarni boshqarish uchun A1 kichik toifasi joriy etiladi. Eng asosiysi, A1 toifasini olish uchun avtomaktablarda o‘qish shart emas, to‘g‘ridan-to‘g‘ri imtihon topshirish huquqi beriladi.
2026 yil 1-apreldan yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda yo‘llarda o‘lim holatlarining oldini olish maqsadida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimlari orqali qayd etilgan qoidabuzarliklar uchun jarima ballari hisoblanadi.