https://oz.sputniknews.uz/20260128/edb-prognoz-russia-iqtisodiyot-osish-55318948.html
YeOTB prognozi: 2026-yilda Rossiya iqtisodiyoti o‘sadi, dollar kursi 94 rubl bo‘ladi
YeOTB prognozi: 2026-yilda Rossiya iqtisodiyoti o‘sadi, dollar kursi 94 rubl bo‘ladi
Sputnik O‘zbekiston
YeOTB tahlilchilari 2026-yilda Rossiya iqtisodiyoti o‘sishi tezlashishini prognoz qildi: YaIM — 1,4 foiz, inflyatsiya — 5,5 foiz, dollar — 94 rubl. 28.01.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-01-28T10:47+0500
2026-01-28T10:47+0500
2026-01-28T10:47+0500
o‘zbekiston va yeoii
iqtisod
yaim
inflyatsiya
yevroosiyo taraqqiyot banki (yeotb)
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/0a/48813143_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_61661aa31277795d0259c53463d0b9f0.jpg
TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeOTB) 2026-yilda Rossiya iqtisodiyoti o‘sishi tezlashishini prognoz qildi. Bu "Bankka a’zo yettita davlat uchun 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi" doirasida e’lon qilingan.Tahlilchilarga ko‘ra, iqtisodiy faollikni davlat budjeti xarajatlari va ish haqlarining o‘sishi qo‘llab-quvvatlaydi. Asosiy stavkaning bosqichma-bosqich pasayishi esa kreditlash va investitsiyalarni tiklashga sharoit yaratadi.2026 yil uchun asosiy prognozlar:YaIM o‘sishi — 1,4 foiz.Budjet taqchilligi saqlanishi, soliq yuki oshishi va neft narxi so‘nggi 3-yil o‘rtachasidan past bo‘lishiga qaramay, 2026-yilda iqtisodiyot 1,4%ga o‘sishi prognoz qilinmoqda. Bunga aholi daromadlari o‘sishi, kreditlash va investitsiyalar ko‘payishi turtki bo‘ladi.Inflyatsiya — 5,5 foiz.Inflyatsiya sekinlashadi, ammo maqsaddan yuqori bo‘lib qoladi. Bunga quyidagilar ta’sir qiladi:Asosiy stavka — yil oxiriga 13 foiz atrofida bo‘ladi. QQS oshirilishining eng yuqori ta’siri o‘tgach, II chorakdan boshlab stavka pasayishi kutilmoqda.Dollar kursi — o‘rtacha 94 rubl.Bu quyidagilar fonida shakllanadi:
https://oz.sputniknews.uz/20251220/evroosiyo-iqtisodiyoti-2026-yilda-9-foizgacha-osadi-eotb-54344166.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/0a/48813143_240:0:1680:1080_1920x0_80_0_0_90875b7dcd6a7eea982a904658fd9929.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, yaim, inflyatsiya, yevroosiyo taraqqiyot banki (yeotb), rossiya
iqtisod, yaim, inflyatsiya, yevroosiyo taraqqiyot banki (yeotb), rossiya
YeOTB prognozi: 2026-yilda Rossiya iqtisodiyoti o‘sadi, dollar kursi 94 rubl bo‘ladi
YeOTB tahlilchilari 2026-yilda Rossiya iqtisodiyoti o‘sishi tezlashishini prognoz qildi: YaIM — 1,4 foiz, inflyatsiya — 5,5 foiz, dollar — 94 rubl.
TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeOTB) 2026-yilda Rossiya iqtisodiyoti o‘sishi tezlashishini prognoz qildi. Bu "Bankka a’zo yettita davlat uchun 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi" doirasida
e’lon qilingan.
Tahlilchilarga ko‘ra, iqtisodiy faollikni davlat budjeti xarajatlari va ish haqlarining o‘sishi qo‘llab-quvvatlaydi. Asosiy stavkaning bosqichma-bosqich pasayishi esa kreditlash va investitsiyalarni tiklashga sharoit yaratadi.
2026 yil uchun asosiy prognozlar:
Budjet taqchilligi saqlanishi, soliq yuki oshishi va neft narxi so‘nggi 3-yil o‘rtachasidan past bo‘lishiga qaramay, 2026-yilda iqtisodiyot 1,4%ga o‘sishi prognoz qilinmoqda. Bunga aholi daromadlari o‘sishi, kreditlash va investitsiyalar ko‘payishi turtki bo‘ladi.
Inflyatsiya sekinlashadi, ammo maqsaddan yuqori bo‘lib qoladi. Bunga quyidagilar ta’sir qiladi:
yuqori stavkalarni saqlab qolish;
inflyatsion kutilmalarning pasayishi;
QQSning 20% dan 22% ga oshirilishi;
budjet rag‘batlantirish choralari;
kommunal tariflar indeksatsiyasi va utilizatsiya yig‘imining oshishi.
Asosiy stavka — yil oxiriga 13 foiz atrofida bo‘ladi. QQS oshirilishining eng yuqori ta’siri o‘tgach, II chorakdan boshlab stavka pasayishi kutilmoqda.
Dollar kursi — o‘rtacha 94 rubl.
Bu quyidagilar fonida shakllanadi:
neft narxi so‘nggi yillar o‘rtachasidan past bo‘lishi;
noenergetika eksporti o‘sishi;
rubl aktivlari daromadliligining pasayishi;
Rossiya banki valyuta taklifini qisqartirishi.