Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

NYT: sovuq va qor Ukraina harbiylari uchun katta muammo tug‘dirmoqda

© SputnikUkrainskiy soldat morznet v zimnem okope iz-za neispravnoy texniki.
Ukrainskiy soldat morznet v zimnem okope iz-za neispravnoy texniki. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.01.2026
Obuna bo‘lish
Amerika nashrining harbiylarga tayanib yozishicha, sovuq havo va qor Ukraina frontida askarlar harakati hamda dronlar ishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Ukraina harbiylari yomon ob-havo sharoiti tufayli frontda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Bu haqda "New York Times" nashri harbiylarga tayanib xabar berdi, deb yozadi RIA Novosti.
Nashrning yozishicha, sovuq havo oldingi chiziqdagi askarlar harakatini va jangovar imkoniyatlarini cheklamoqda. Shuningdek, u texnika, xususan, dronlar ishiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
“Past harorat batareyalar ishlash muddatini qisqartirishi mumkin. Qor yog‘sa, ayrim dronlar ishdan chiqishi ehtimoli bor. Bu esa dushman hujumi xavfini oshiradi”, — deyiladi materialda.
“Sol” chaqiruv belgisiga ega dron operatori serjant nashrga qor uning jamoasi ishiga jiddiy to‘siq bo‘layotganini aytgan.
“Ob-havo va texnika — do‘st emas”, — degan u.
Bundan tashqari, dronlar tahdidi sabab Ukraina qurolli kuchlari chuqurroq bunkerlar qazishga majbur bo‘lmoqda. Ammo yer muzlab qolgani bu ishni yanada qiyinlashtirmoqda.
Operatori BpLA SVO proxodat obuchenie v primenenii agitatsionnix dronov v zone provedeniya SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
UQK vakili Ukraina harbiylari frontdagi o‘limlarining asosiy sababini ochiqladi
Yangiliklar lentasi
0