Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

UQK vakili Ukraina harbiylari frontdagi o‘limlarining asosiy sababini ochiqladi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishOperatori BpLA SVO proxodat obuchenie v primenenii "agitatsionnix dronov" v zone provedeniya SVO.
Operatori BpLA SVO proxodat obuchenie v primenenii agitatsionnix dronov v zone provedeniya SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2025
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, harbiylarning ko‘pchiligi pozitsiyalarini almashtirish, ya’ni rotatsiya jarayonida halok bo‘lmoqda. Dronlar tufayli askarlarning harakatlanishi juda xavfli bo‘lib qolgan.
TOShKENT, 18 noya – Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlarida (UQK) xizmat qilayotgan harbiylarning asosiy qismi aynan rotatsiya vaqtida halok bo‘lmoqda. Bu haqda Janubiy mudofaa kuchlari vakili Vladislav Voloshin "Politico" nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Voloshinning so‘zlariga ko‘ra, frontda dronlar keng qo‘llanilayotgani tufayli harbiylarning harakatlanishi juda xavfli bo‘lib qolgan.
"Bugungi kunda askarlarning ko‘pchiligi aynan rotatsiya paytida halok bo‘lmoqda. Har qanday yetkazib berish yoki harakatlanish yuqori xavf bilan bog‘liq. Shu sababli biz dronlardan ko‘proq foydalanyapmiz", — dedi Voloshin.
Ukrainaning 110-mexanizatsiyalashtirilgan brigadasi vakili Ivan Sekach ham rotatsiya paytidagi xavf yuksakligini tasdiqladi. Uning aytishicha, ba’zan yaralangan harbiylar yoki pozitsiyani tark etayotgan askarlar bir necha kilometr yo‘lni dronlardan yashirinib bosib o‘tishga majbur bo‘lmoqda. Shu bilan birga, ba’zan qo‘mondonlar askarlarni haftalar davomida rotatsiyasiz bo‘lishga majbur qilayotgani ham aytilgan.
Ukrainada safarbarlikni kuchaytirish bo‘yicha qonun 2024-yil 18-maydan kuchga kirgan. Yangi tartibga ko‘ra:
harbiy majburiyatga ega shaxslar voyenkomatdagi ma’lumotlarini yangilashi shart;
bunda shaxsan borish yoki “elektron chaqiriq kabineti” orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin;
chaqiruv varaqasi bevosita qabul qilinmagan bo‘lsa ham, “shaxsan topshirib bo‘lmaydi” degan belgisi qo‘yilgan sana topshirilgan kun hisoblanadi;
harbiy guvohnomasini doimiy ravishda o‘zi bilan olib yurish va huquq-tartibot organlari talab qilganda ko‘rsatish majburiy;
demobilizatsiya muddatlari qonun hujjatlarida ko‘rsatilmagan.
Plenniy soldat VSU. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.11.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Telegraph: Ukraina armiyasi ruhiyati Kiyevdagi korrupsiya fonida pasaydi
Yangiliklar lentasi
0