https://oz.sputniknews.uz/20260127/royxat-savolnoma-xato-toldirganlar-ogohlantirish-55290469.html
Aholini ro‘yxatga olish savolnomasini xato to‘ldirganlarga ogohlantirish yuborilmoqda
Aholini ro‘yxatga olish savolnomasini xato to‘ldirganlarga ogohlantirish yuborilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Xato yoki noto‘liq to‘ldirilgan ro‘yxat savolnomalari axborot tizimi orqali aniqlanmoqda. Fuqarolarga ma’lumotlarni qayta tekshirish tavsiya etildi.
2026-01-27T09:16+0500
2026-01-27T09:16+0500
2026-01-27T10:03+0500
o‘zbekiston
jamiyat
mahalla
raqamli texnologiyalar
sertifikat
aholini ro‘yxatga olish
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/01/16094851_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_eb50b9ae1894d35ed503e07e373989cd.jpg
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Ro‘yxatga olish savolnomasini xato yoki to‘liq bo‘lmagan holda to‘ldirgan fuqarolar uchun avtomatik ogohlantirish tizimi joriy etildi. Bu haqda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.Qayd etilishicha, ayrim hollarda savolnoma faqat bir shaxs nomidan to‘ldirilib, u bilan bir xonadonda yashovchi boshqa a’zolar kiritilmayapti. Eslatib o‘tilishicha, qarindoshlik darajasidan qat’i nazar, bir xonadonda yashovchi barcha shaxslar birgalikda ro‘yxatga olinishi shart.Onlayn ro‘yxatdan o‘tib, sertifikat olgan fuqarolarga platformaga qayta kirib, sertifikat oynasidagi ogohlantirishlarni tekshirish va xatolik bo‘lsa, savolnomani qayta to‘ldirish tavsiya etildi.Aks holda, 4–28 fevral kunlari mahalla vakillari tomonidan qayta ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari amalga oshiriladi.Ma’lumotlarga ko‘ra, aynan shu ma’lumotlar asosida ta’lim, tibbiyot, ijtimoiy himoya va infratuzilma sohalarida qarorlar qabul qilinadi.
https://oz.sputniknews.uz/20260117/aholini-royxatga-olishda-eng-kop-berilayotgan-savollarga-javoblar-berildi-54866043.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/01/16094851_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_62bb97487449d770ea62575a0477ed10.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, ro‘yxatga olish, savolnoma, avtomatik ogohlantirish, xonadon, yer maydoni, qoramol, parranda, mahalla, sertifikat aholini ro‘yxatga olish 2026-yil
o‘zbekiston, ro‘yxatga olish, savolnoma, avtomatik ogohlantirish, xonadon, yer maydoni, qoramol, parranda, mahalla, sertifikat aholini ro‘yxatga olish 2026-yil
Aholini ro‘yxatga olish savolnomasini xato to‘ldirganlarga ogohlantirish yuborilmoqda
09:16 27.01.2026 (yangilandi: 10:03 27.01.2026) Ro‘yxatga olish savolnomasini to‘liq bo‘lmagan yoki xato to‘ldirgan fuqarolarga avtomatik ogohlantirish yuborilmoqda. Bir xonadonda yashovchilarni kiritish va ma’lumotlarni qayta tekshirish tavsiya etildi
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Ro‘yxatga olish savolnomasini xato yoki to‘liq bo‘lmagan holda to‘ldirgan fuqarolar uchun avtomatik ogohlantirish tizimi joriy etildi. Bu haqda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining rasmiy sahifasida
ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, ayrim hollarda savolnoma faqat bir shaxs nomidan to‘ldirilib, u bilan bir xonadonda yashovchi boshqa a’zolar kiritilmayapti. Eslatib o‘tilishicha, qarindoshlik darajasidan qat’i nazar, bir xonadonda yashovchi barcha shaxslar birgalikda ro‘yxatga olinishi shart.
Shuningdek, yer maydonlari, yetishtirilayotgan mahsulotlar, qoramol va parrandalar soni to‘liq ko‘rsatilmaslik holatlari ham aniqlanmoqda. Bunday kamchiliklar axborot tizimi orqali tekshirilib, savolnomani qayta to‘ldirish uchun yuboriladi.
Onlayn ro‘yxatdan o‘tib, sertifikat olgan fuqarolarga platformaga qayta kirib, sertifikat oynasidagi ogohlantirishlarni tekshirish va xatolik bo‘lsa, savolnomani qayta to‘ldirish tavsiya etildi.
Aks holda, 4–28 fevral kunlari mahalla vakillari tomonidan qayta ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari amalga oshiriladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, aynan shu ma’lumotlar asosida ta’lim, tibbiyot, ijtimoiy himoya va infratuzilma sohalarida qarorlar qabul qilinadi.