https://oz.sputniknews.uz/20260117/aholini-royxatga-olishda-eng-kop-berilayotgan-savollarga-javoblar-berildi-54866043.html
Aholini ro‘yxatga olishda eng ko‘p berilayotgan savollarga javob berildi
Aholini ro‘yxatga olishda eng ko‘p berilayotgan savollarga javob berildi
Sputnik O‘zbekiston
So‘rovnomada yer maydono mollar sonini ko‘rsatdik, keyin uyimizga soliqchi kelmaydimi?— ushbu va boshqa savollarga javob berildi. 17.01.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-01-17T10:52+0500
2026-01-17T10:52+0500
2026-01-17T10:55+0500
jamiyat
umumiy aholi soni
aholini ro‘yxatga olish
o‘zbekiston
milliy statistika qo‘mitasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/208/44/2084460_0:0:1500:844_1920x0_80_0_0_e270628b58c52c05849c03e498239b57.jpg
TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda 15-yanvar kuni boshlangan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatdan o‘tkazish qizg‘in davom etmoqda. 16-yanvar soat 19:00 holatiga census.stat.uz portali orqali jami xonadonlarning 13 foizi onlayn ro‘yxatdan o‘tgan.Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida aholidan ko‘plab savollar kelib tushmoqda. Milliy Statistika qo‘mitasi matbuot xizmati rahbari Usmon Abdurasulov ularga javob berdi.Eng ko‘p berilayotgan savollarga javoblar:Oilamizdan bir kishi barchamizni ro‘yxatdan o‘tkazdi. Shu yetarlimi yoki barchamiz alohida qaytadan o‘tishimiz kerakmi?— Bir kishi butun oilasini ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin. Ma’lumotlar to‘liq va to‘g‘ri taqdim etilsa, bu yetarli hisoblanadi.“Telefon qurilmasi talabga javob bermaydi” degan yozuv chiqapti. Bu nimani anglatadi?— Bu holatda telefoningizning operativ xotirasi kam yoki brauzeringiz eski bo‘lishi mumkin. Imkoni bo‘lsa, kompyuter yoki boshqa qurilmadan urinib ko‘ring.Mahalla/ko‘cha nomi chiqmayapti. Nima qilsam bo‘ladi?— Bunday holatda siz mahalla/ko‘cha nomini mustaqil ravishda yozib qo‘yishingiz mumkin.Qaynota-qaynona, aka-uka, opa-singil va boshqalarni ham ro‘yxatga kiritishim kerakmi?— Agar siz ular bilan birga yashamasangiz, ularni kiritishingiz shart emas. Ular o‘zlari yashab turgan turar joyi bo‘yicha alohida ro‘yxatdan o‘tishadi.16 yoshgacha bo‘lgan qizlarda “Nechta farzand dunyoga keltirgansiz?” savolida “yo‘q” javobini belgilab bo‘lmayapti.Agar respondent farzandli bo‘lmagan bo‘lsa, “0” deb belgilashi mumkin.Ro‘yxatdan o‘tdim, lekin sertifikatimni yuklab ololmayapman.— Agar siz ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsangiz, OneID tizimi orqali saytga kirib, o‘ng tomon yuqori qismda joylashgan ism-familiya ustiga bosgan holda sertifikatni yuklab olishingiz mumkin.Savolnomada sotixni yoza olmayapman.— 1-shaklning 2-savolida yakka tartibdagi xovli yoki kvartiraning umumiy qurilish maydoni kvadrat metrda butun sonlarda ko‘rsatiladi.5-shaklda esa umumiy yer maydoni va qishloq xo‘jaligi yer maydoni sotixda ko‘rsatiladi.Biz bergan ma’lumotlar soliqqa tortilmaydimi? Qishloq xo‘jaligi bo‘yicha yer maydoni va chorva mollari sonini ko‘rsatdik. Keyin uyimizga soliqchi kelmaydimi?— Yo‘q, aslo bunday holat yuzaga kelmaydi. Ro‘yxatga olish jarayonida berilgan barcha ma’lumotlar qonunga asosan maxfiy saqlanadi hamda soliqqa tortish yoki tekshiruv o‘tkazish uchun ishlatilmaydi. Savolnomada ko‘rsatilgan javoblar boshqa idoralarga taqdim etilmaydi.Savolnomada birinchi shaxs deganda kim nazarda tutiladi?.— Birinchi shaxs bu — ma’lumotlarni to‘ldiruvchi shaxs hisoblanadi. Savolnomada ma’lumotlari to‘ldiriladigan keyingi oila a’zolari birinchi shaxsga nisbatan qarindoshlik darajasi belgilanib, kiritiladi.So‘rovnomani xatolik bilan to‘ldirgan bo‘lsam, qaytadan kiritishim mumkinmi?— Ha. Agar ma’lumotlar xatolik bilan kiritilgan bo‘lsa, 31-yanvarga qadar qaytadan onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati mavjud. Men hozirda boshqa tumanda istiqomat qilaman, doimiy propiskam esa boshqa hududda. Savolnomada qaysi joyni kiritishim kerak?— Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida fuqaro aynan hozirgi vaqtda, ya’ni, ro‘yxatga olish davrida yashab turgan joyini ko‘rsatishi lozim.So‘rovnomadagi “respondent” so‘zi nimani anglatadi?— Respondent — ro‘yxatga olish sanasida O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek, doimiy yashash joyi O‘zbekistonda bo‘lib, ro‘yxatga olish sanasida mamlakat hududidan tashqarida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridir.Login va parol so‘ralyapti. Uni qayerdan olishim mumkin?— Login va parol OneID tizimiga kirish jarayonida talab etiladi. Agar akkauntingiz mavjud bo‘lsa, avval o‘rnatilgan login va parolni kiriting. Agar unutgan bo‘lsangiz, JShShIR orqali tiklashingiz mumkin. Chet eldagi oila a’zolarimizni ham ro‘yxatga kiritamizmi?— Ha, hozirda ma’lum sabablarga ko‘ra xorijda vaqtincha bo‘lib turgan oila a’zolaringizni ham ro‘yxatdan o‘tkazishingiz mumkin. Shuningdek, ular o‘zlari boshqa davlatda bo‘lib turgan holatda ham census.stat.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.Qancha harakat qilsam ham census saytida xatolik yuz berdi deb chiqapti. Nima qilsam bo‘ladi?— Bu holat, asosan, sayt Telegram’ning ichki brauzeri orqali ochilganda kuzatilmoqda. Muammoni bartaraf etish uchun census.stat.uz saytini telefonda alohida internet brauzer orqali (Chrome, Mozilla, Opera yoki Google)dan ochib ko‘ring.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/208/44/2084460_188:0:1313:844_1920x0_80_0_0_436616ff959c7592933139c7c4050841.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, umumiy aholi soni, aholini ro‘yxatga olish, o‘zbekiston, milliy statistika qo‘mitasi
jamiyat, umumiy aholi soni, aholini ro‘yxatga olish, o‘zbekiston, milliy statistika qo‘mitasi
Aholini ro‘yxatga olishda eng ko‘p berilayotgan savollarga javob berildi
10:52 17.01.2026 (yangilandi: 10:55 17.01.2026) So‘rovnomada yer maydono mollar sonini ko‘rsatdik, keyin uyimizga soliqchi kelmaydimi?— ushbu va boshqa savollarga javob berildi.
TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda 15-yanvar kuni boshlangan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatdan o‘tkazish qizg‘in davom etmoqda. 16-yanvar soat 19:00 holatiga census.stat.uz portali orqali jami xonadonlarning 13 foizi onlayn ro‘yxatdan o‘tgan.
Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida aholidan ko‘plab savollar kelib tushmoqda. Milliy Statistika qo‘mitasi matbuot xizmati rahbari Usmon Abdurasulov ularga
javob berdi.Eng ko‘p berilayotgan savollarga javoblar:
Oilamizdan bir kishi barchamizni ro‘yxatdan o‘tkazdi. Shu yetarlimi yoki barchamiz alohida qaytadan o‘tishimiz kerakmi?
— Bir kishi butun oilasini ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin. Ma’lumotlar to‘liq va to‘g‘ri taqdim etilsa, bu yetarli hisoblanadi.
“Telefon qurilmasi talabga javob bermaydi” degan yozuv chiqapti. Bu nimani anglatadi?
— Bu holatda telefoningizning operativ xotirasi kam yoki brauzeringiz eski bo‘lishi mumkin. Imkoni bo‘lsa, kompyuter yoki boshqa qurilmadan urinib ko‘ring.
Mahalla/ko‘cha nomi chiqmayapti. Nima qilsam bo‘ladi?
— Bunday holatda siz mahalla/ko‘cha nomini mustaqil ravishda yozib qo‘yishingiz mumkin.
Qaynota-qaynona, aka-uka, opa-singil va boshqalarni ham ro‘yxatga kiritishim kerakmi?
— Agar siz ular bilan birga yashamasangiz, ularni kiritishingiz shart emas. Ular o‘zlari yashab turgan turar joyi bo‘yicha alohida ro‘yxatdan o‘tishadi.
16 yoshgacha bo‘lgan qizlarda “Nechta farzand dunyoga keltirgansiz?” savolida “yo‘q” javobini belgilab bo‘lmayapti.
Agar respondent farzandli bo‘lmagan bo‘lsa, “0” deb belgilashi mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tdim, lekin sertifikatimni yuklab ololmayapman.
— Agar siz ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsangiz, OneID tizimi orqali saytga kirib, o‘ng tomon yuqori qismda joylashgan ism-familiya ustiga bosgan holda sertifikatni yuklab olishingiz mumkin.
Savolnomada sotixni yoza olmayapman.
— 1-shaklning 2-savolida yakka tartibdagi xovli yoki kvartiraning umumiy qurilish maydoni kvadrat metrda butun sonlarda ko‘rsatiladi.
5-shaklda esa umumiy yer maydoni va qishloq xo‘jaligi yer maydoni sotixda ko‘rsatiladi.
Biz bergan ma’lumotlar soliqqa tortilmaydimi? Qishloq xo‘jaligi bo‘yicha yer maydoni va chorva mollari sonini ko‘rsatdik. Keyin uyimizga soliqchi kelmaydimi?
— Yo‘q, aslo bunday holat yuzaga kelmaydi. Ro‘yxatga olish jarayonida berilgan barcha ma’lumotlar qonunga asosan maxfiy saqlanadi hamda soliqqa tortish yoki tekshiruv o‘tkazish uchun ishlatilmaydi. Savolnomada ko‘rsatilgan javoblar boshqa idoralarga taqdim etilmaydi.
Savolnomada birinchi shaxs deganda kim nazarda tutiladi?.
— Birinchi shaxs bu — ma’lumotlarni to‘ldiruvchi shaxs hisoblanadi. Savolnomada ma’lumotlari to‘ldiriladigan keyingi oila a’zolari birinchi shaxsga nisbatan qarindoshlik darajasi belgilanib, kiritiladi.
So‘rovnomani xatolik bilan to‘ldirgan bo‘lsam, qaytadan kiritishim mumkinmi?
— Ha. Agar ma’lumotlar xatolik bilan kiritilgan bo‘lsa, 31-yanvarga qadar qaytadan onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati mavjud.
Men hozirda boshqa tumanda istiqomat qilaman, doimiy propiskam esa boshqa hududda. Savolnomada qaysi joyni kiritishim kerak?
— Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida fuqaro aynan hozirgi vaqtda, ya’ni, ro‘yxatga olish davrida yashab turgan joyini ko‘rsatishi lozim.
So‘rovnomadagi “respondent” so‘zi nimani anglatadi?
— Respondent — ro‘yxatga olish sanasida O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek, doimiy yashash joyi O‘zbekistonda bo‘lib, ro‘yxatga olish sanasida mamlakat hududidan tashqarida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridir.
Login va parol so‘ralyapti. Uni qayerdan olishim mumkin?
— Login va parol OneID tizimiga kirish jarayonida talab etiladi. Agar akkauntingiz mavjud bo‘lsa, avval o‘rnatilgan login va parolni kiriting. Agar unutgan bo‘lsangiz, JShShIR orqali tiklashingiz mumkin.
Chet eldagi oila a’zolarimizni ham ro‘yxatga kiritamizmi?
— Ha, hozirda ma’lum sabablarga ko‘ra xorijda vaqtincha bo‘lib turgan oila a’zolaringizni ham ro‘yxatdan o‘tkazishingiz mumkin. Shuningdek, ular o‘zlari boshqa davlatda bo‘lib turgan holatda ham census.stat.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.
Qancha harakat qilsam ham census saytida xatolik yuz berdi deb chiqapti. Nima qilsam bo‘ladi?
— Bu holat, asosan, sayt Telegram’ning ichki brauzeri orqali ochilganda kuzatilmoqda. Muammoni bartaraf etish uchun census.stat.uz saytini telefonda alohida internet brauzer orqali (Chrome, Mozilla, Opera yoki Google)dan ochib ko‘ring.