https://oz.sputniknews.uz/20251105/prokuratura-tergov-raqamlashtirish-53245408.html
Inson omili kamayadi: prokuratura faoliyati va tergov jarayoni raqamlashtirilmoqda
Inson omili kamayadi: prokuratura faoliyati va tergov jarayoni raqamlashtirilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda “Raqamli prokuror” va “E-tergov” tizimlari joriy etiladi. Elektron tergov, raqamli nazorat va kiberhuquq ta’limi yo‘lga qo‘yiladi.
2025-11-05T12:00+0500
2025-11-05T12:00+0500
2025-11-05T12:00+0500
o‘zbekiston
jamiyat
bosh prokuratura
tergov
raqamli texnologiyalar
jinoyat
yangi qonun
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/08/26020305_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_514300b3b1a419295b43bd8ccd4d2161.jpg
TOShKENT, 5 noya – Sputnik. 3-noyabrda qabul qilingan prezident farmoniga muvofiq, O‘zbekistonda “Raqamli prokuror” va “E-tergov” axborot tizimlari kompleksi joriy etiladi.Farmonga ko‘ra, prokuratura organlari faoliyatini raqamli transformatsiya qilishning quyidagi asosiy maqsadlari belgilandi:Shuningdek, nazorat organlari tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruvlarda qonunlarga rioya etilishini kuzatish uchun “Tekshiruvlarning yagona elektron reyestri” axborot tizimi sinov tariqasida ishlab chiqiladi. Ushbu tizimning to‘liq versiyasi 2026-yil 1-dekabrdan ishga tushiriladi.“E-tergov” axborot tizimining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida Bosh prokuraturaning Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va axborot xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi negizida Bosh prokuraturaning Raqamli texnologiyalar markazi tashkil etiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20251103/tergov-suniy-intellekt-hisobotlar-avtomatlashtirish-53206789.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/08/26020305_160:0:1120:720_1920x0_80_0_0_b59c8ce3eebde9ca6ade369e5c043b7a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
raqamli prokuror, e-tergov, prokuratura, raqamlashtirish, tergov jarayoni, elektron nazorat, tekshiruvlarning yagona reyestri, kiberhuquq, prezident farmoni, axborot texnologiyalari, huquqni muhofaza qilish, avtomatlashtirish
raqamli prokuror, e-tergov, prokuratura, raqamlashtirish, tergov jarayoni, elektron nazorat, tekshiruvlarning yagona reyestri, kiberhuquq, prezident farmoni, axborot texnologiyalari, huquqni muhofaza qilish, avtomatlashtirish
Inson omili kamayadi: prokuratura faoliyati va tergov jarayoni raqamlashtirilmoqda
Qabul qilingan “Raqamli prokuratura – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hujjatda sohani raqamli transformatsiya qilish ko‘zda tutilgan.
TOShKENT, 5 noya – Sputnik. 3 noyabrda qabul qilingan prezident farmoniga muvofiq, O‘zbekistonda “Raqamli prokuror” va “E-tergov” axborot tizimlari kompleksi
joriy etiladi.
Farmonga ko‘ra, prokuratura organlari faoliyatini raqamli transformatsiya qilishning quyidagi asosiy maqsadlari belgilandi:
2030 yilga qadar ilg‘or xalqaro tajriba asosida prokuratura organlari faoliyatining barcha yo‘nalishlarini to‘liq avtomatlashtirish;
tergov va prokuror nazorati jarayonlarini to‘liq elektron shaklga o‘tkazish.
“Raqamli prokuror” tizimi orqali davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qonunchilikka rioya etilishi, qabul qilinayotgan hujjatlarning Konstitutsiya va qonunlarga muvofiqligi masofaviy monitoring qilinadi.
Shuningdek, nazorat organlari tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruvlarda qonunlarga rioya etilishini kuzatish uchun “Tekshiruvlarning yagona elektron reyestri” axborot tizimi sinov tariqasida ishlab chiqiladi. Ushbu tizimning to‘liq versiyasi 2026-yil 1-dekabrdan ishga tushiriladi.
“E-tergov” axborot tizimining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:
jinoyat ishi yurituvining barcha bosqichlarini elektron shaklga o‘tkazish;
sud ekspertizasini onlayn tartibda tayinlash;
moddiy zararni hisobga olish va uni undirish jarayonlarini nazorat qilish.
Bundan tashqari, Huquqni muhofaza qilish akademiyasida 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab “Kiberhuquq” nomli 4-yillik bakalavriat ta’lim yo‘nalishi joriy etiladi.
Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida Bosh prokuraturaning Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va axborot xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi negizida Bosh prokuraturaning Raqamli texnologiyalar markazi tashkil etiladi.