https://oz.sputniknews.uz/20260127/prezident-poytaxt-jinoyatchilik-tanqid-55306312.html
Prezident poytaxtdagi jinoyatchilik holatini tanqid qildi
Prezident poytaxtdagi jinoyatchilik holatini tanqid qildi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident ishtirokidagi yig‘ilishda Toshkentdagi jinoyatchilik holati tanqid qilindi. 833 ta jinoyat holati yashirilgani aytildi.
2026-01-27T15:19+0500
2026-01-27T15:19+0500
2026-01-27T15:19+0500
shavkat mirziyoyev
jamiyat
o‘zbekiston
jinoyatchilik
mahalla
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/1b/55306033_0:36:1280:756_1920x0_80_0_0_9182c42d66ac59df877304c922aee518.jpg
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida uyushgan jinoyatchilik, narkojinoyatlar, kiberjinoyatlar va yashirin iqtisodiyotga qarshi ta’sirchan choralar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Davlat rahbari huquq-tartibot tizimi bu o‘zgarishlarga mos ishlamayotganini tanqid qildi. Profilaktika inspektorlari asosiy vazifasi o‘rniga boshqa ishlarga jalb etilayotgani qayd etildi.Chilonzor oilaviy zo‘ravonlik, talonchilik va bezorilik, Yunusobod bosqinchilik bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichga ega ekani aytildi. Shuningdek, Yashnobod va Mirobodda qotillik, Olmazorda tan jarohati, Shayxontohurda talonchilik holatlari ko‘p uchragan.Shu bois, yaqinda ushbu tumanlar ichki ishlar boshliqlarining barchasi yangi qo‘yildi.Toshkent shahar IIBB boshlig‘i Ravshan Sultonxo‘jayev va shahar prokurori v.b. Anvar O‘rmonov ishlari tanqid qilinib, ularga hayfsan berilib, olti oylik sinov muddati belgilandi.
https://oz.sputniknews.uz/20251105/prokuratura-tergov-raqamlashtirish-53245408.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/1b/55306033_60:0:1197:853_1920x0_80_0_0_f8208602e99ed00a8a19322aaac72e46.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, toshkent, jinoyatchilik, iibb, prokuror, mahalla, hayfsan, prezident yig‘ilishi
o‘zbekiston, toshkent, jinoyatchilik, iibb, prokuror, mahalla, hayfsan, prezident yig‘ilishi
Prezident poytaxtdagi jinoyatchilik holatini tanqid qildi
Ayrim rahbarlarga intizomiy choralar ko‘rildi.
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida uyushgan jinoyatchilik, narkojinoyatlar, kiberjinoyatlar va yashirin iqtisodiyotga qarshi ta’sirchan choralar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Davlat rahbari huquq-tartibot tizimi bu o‘zgarishlarga mos ishlamayotganini tanqid qildi. Profilaktika inspektorlari asosiy vazifasi o‘rniga boshqa ishlarga jalb etilayotgani qayd etildi.
Ma’lum qilinishicha, o‘tgan yili Toshkentda 833 ta holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilmasdan, hisobdan yashirilgan. Poytaxtdagi 26 ta mahalla “qizil”, 465 tasi “sariq” toifada qolgan.
Chilonzor oilaviy zo‘ravonlik, talonchilik va bezorilik, Yunusobod bosqinchilik bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichga ega ekani aytildi. Shuningdek, Yashnobod va Mirobodda qotillik, Olmazorda tan jarohati, Shayxontohurda talonchilik holatlari ko‘p uchragan.
Shu bois, yaqinda ushbu tumanlar ichki ishlar boshliqlarining barchasi yangi qo‘yildi.
Toshkent shahar IIBB boshlig‘i Ravshan Sultonxo‘jayev va shahar prokurori v.b. Anvar O‘rmonov ishlari tanqid qilinib, ularga hayfsan berilib, olti oylik sinov muddati belgilandi.