Mirziyoyev kiberjinoyatchilik va narkojinoyatchilikka qarshi kurashni tanqid qildi

© telegram sputnikuzbekistan / Mediabankka o‘tishV Tashkente za poslednie 5 let v 11 raz uvelichilos kolichestvo izyatix sinteticheskix narkotikov
V Tashkente za poslednie 5 let v 11 raz uvelichilos kolichestvo izyatix sinteticheskix narkotikov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.01.2026
Obuna bo‘lish
Prezident kiberjinoyatchilik va narkojinoyatchilikka qarshi kurash holatini keskin tanqid qildi hamda fosh etish samaradorligi yetarli emasligini ta’kidladi.
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektorda kiberjinoyatchilik va narkojinoyatchilikka qarshi kurash holatini tanqid qildi.
Prezident uch yil oldin tashkil etilgan kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi ishi ham qoniqarli emasligi qayd etdi.

2025 yilda poytaxtda kiberjinoyatlar 16 mingtadan oshib, fuqarolarga qariyb 2 trillion so‘m zarar yetgan. Ularni fosh etish darajasi 8 foizga ham yetmagan.

Prezident narkojinoyatchilik va uyushgan guruhlarga qarshi kurashda qat’iyat yetishmayotganini ta’kidladi. Poytaxtda narkojinoyatlar soni 4 mingtadan oshgan. Qo‘lga olingan 112 ta guruh 1300 tadan ortiq jinoyat sodir etgan. Mazkur jinoyatlar uchun aybli deb topilganlar jazoni yarmini ham o‘tamasdan ozodlikka chiqmoqda. Takroriy jinoyatlar so‘nggi uch yilda 125 foizga oshgan.
So‘nggi uch oyda respublika bo‘yicha 50 taga yaqin yirik narkoguruh qo‘lga olinib, yarim tonna narkotik muomaladan chiqarilgani aytildi.
“Eng yomoni, chet davlatlarda ham o‘zimizning fuqarolar uyushgan guruhlar tuzib, yurtimizdan borganlarga nisbatan tovlamachilik, zo‘ravonlik, tadbirkorligiga raxna solish bilan shug‘ullanyapti. O‘zbeklarning chet eldagi ommaviy mushtlashuvlari yurtimiz obro‘siga putur yetkazapti”, – dedi davlat rahbari.
O‘tgan yili og‘ir ahvolga tushgan 3 700 nafar fuqaro qaytarilgan, 192 nafari odam savdosi qurboni bo‘lgan.
Qayd etilishicha, uyushgan jinoyatchilik “biznes niqobi” ostida uy-joy savdosi, avtomashina oldi-sotdisi, moliyaviy piramidalar hamda “Haj” va “Umra” xizmatlari orqali ham faollashgan. Xonadon sotish bilan bog‘liq holatlarda 3 mingdan ziyod fuqaroga 1,3 trillion so‘m zarar yetkazilgan.
Pod predsedatelstvom prezidenta proxodit soveshanie po borbe s prestupnostyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.01.2026
Prezident poytaxtdagi jinoyatchilik holatini tanqid qildi
Yangiliklar lentasi
0