https://oz.sputniknews.uz/20260127/aes-qurilish-muddatlar-55293517.html
AES qurilishi muddatlari ko‘chirildimi: "O‘zatom" rasmiy javob berdi
AES qurilishi muddatlari ko‘chirildimi: "O‘zatom" rasmiy javob berdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zatom AES qurilishi muddatlari o‘zgarmaganini ma’lum qildi. "Birinchi beton" sanasi bo‘yicha tarqalgan xabarlarga rasmiy izoh berildi.
2026-01-27T10:56+0500
2026-01-27T10:56+0500
2026-01-27T10:56+0500
o‘zbekiston
jamiyat
atom energetikasi
o‘zbekistonda atom elektrostansiyasi qurilishi
o‘zatom
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/14/55018007_0:0:1134:639_1920x0_80_0_0_819e91676892bf52625de54e93e20de6.jpg
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi (AES) qurilishining avval e’lon qilingan muddatlari o‘z kuchida qoladi. Bu haqda “O‘zatom” agentligi matbuot xizmati ma’lum qildi.Qayd etilishicha, regulation.adliya.uz saytida davlat dasturi hujjat loyihasi e’lon qilinganidan so‘ng ayrim OAVda birinchi beton quyish muddati 2026-yil dekabriga ko‘chirilgani haqida xabarlar tarqalgan. “O‘zatom”ga ko‘ra, hujjatda muddatni ko‘chirish nazarda tutilmagan, loyihadagi sana esa tayyorgarlik va litsenziyalash bosqichlari shu vaqtgacha yakunlanishini nazarda tutuvchi konservativ ssenariyni aks ettiradi.Agentlik milliy qonunchilik talablari hamda yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlik bo‘yicha xalqaro standartlarga qat’iy rioya qilinayotganini ta’kidladi. Birinchi beton bosqichiga faqat barcha zarur ruxsatnomalar olingandan keyingina kirishilishi qayd etildi.Ma’lumot uchun, “birinchi beton” — reaktor binosi poydevoriga beton birinchi marta quyiladigan bosqich bo‘lib, shu paytdan loyiha amaliy qurilish jarayoniga o‘tgan deb hisoblanadi.
https://oz.sputniknews.uz/20251210/aes-qurilish-ozatom-tadqiqotlar-54058054.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/14/55018007_141:0:1134:745_1920x0_80_0_0_e2866708752a0db83a4aeab769d9abff.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, o‘zatom, aes, birinchi beton, 2026-mart, litsenziyalash, yadroviy xavfsizlik, regulation.adliya.uz
o‘zbekiston, o‘zatom, aes, birinchi beton, 2026-mart, litsenziyalash, yadroviy xavfsizlik, regulation.adliya.uz
AES qurilishi muddatlari ko‘chirildimi: "O‘zatom" rasmiy javob berdi
“O‘zatom” ayrim OAVdagi muddat ko‘chirilgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi (AES) qurilishining avval e’lon qilingan muddatlari o‘z kuchida qoladi. Bu haqda “O‘zatom” agentligi matbuot xizmati
ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, regulation.adliya.uz saytida davlat dasturi hujjat loyihasi e’lon qilinganidan so‘ng ayrim OAVda birinchi beton quyish muddati 2026-yil dekabriga ko‘chirilgani haqida xabarlar tarqalgan. “O‘zatom”ga ko‘ra, hujjatda muddatni ko‘chirish nazarda tutilmagan, loyihadagi sana esa tayyorgarlik va litsenziyalash bosqichlari shu vaqtgacha yakunlanishini nazarda tutuvchi konservativ ssenariyni aks ettiradi.
Shu bilan birga, 2025-yil avgust oyidagi bayonotlarda prezident tomonidan birinchi beton bosqichini 2026-yil mart oyiga mo‘ljallab ishlarni faollashtirish bo‘yicha topshiriq berilgani aytilgan edi.
Agentlik milliy qonunchilik talablari hamda yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlik bo‘yicha xalqaro standartlarga qat’iy rioya qilinayotganini ta’kidladi. Birinchi beton bosqichiga faqat barcha zarur ruxsatnomalar olingandan keyingina kirishilishi qayd etildi.
Ma’lumot uchun, “birinchi beton” — reaktor binosi poydevoriga beton birinchi marta quyiladigan bosqich bo‘lib, shu paytdan loyiha amaliy qurilish jarayoniga o‘tgan deb hisoblanadi.