Asian Boxing bilan memorandum imzolandi: unda nimalar ko‘zda tutilgan

© O‘zbekiston boks federatsiyasi Asian Boxing bilan memorandum imzolandi
 Asian Boxing bilan memorandum imzolandi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.01.2026
Obuna bo‘lish
Asian Boxing va O‘zbekiston boks federatsiyasi boks maktablarini rivojlantirish va mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha bitim imzoladi.
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Asian Boxing tashkiloti va O‘zbekiston boks federatsiyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi. Bu haqda federatsiya matbuot xizmati xabar berdi.
Hujjat Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi doirasida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Asian Boxing prezidenti Pichai Chunxavajira hamda federatsiya raisining birinchi o‘rinbosari, Asian Boxing vitse-prezidenti Saken Polatov uchrashuvida imzolandi.
Memorandumga ko‘ra, O‘zbekistonning har bir viloyatida boks maktablarini tanlab olib, ularni zamonaviy yo‘nalishda rivojlantirish, xorijlik murabbiy va mutaxassislarni jalb etish, shuningdek sportchilar, hakamlar va mutaxassislar uchun xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.
Tomonlar shuningdek, sohaga oid boshqa dolzarb vazifalar yuzasidan ham kelishuvga erishdi.

Ministr sporta Uzbekistana Adxam Ikramov i glava Minsporta RF, predsedatel Olimpiyskogo komiteta Rossii Mixail Degtarev obsudili sotrudnichestvo stran v sfere fizicheskoy kulturi i sporta
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.01.2026
Rossiya sport vaziri Degtarov Toshkentda: sport hamkorligi bo‘yicha hujjatlar imzolandi
Yangiliklar lentasi
0