Sankt-Peterburg gubernatori Olimpiya shaharchasi va Milliy futbol markaziga tashrif buyurdi

© Press-slujba Ministerstva sportaGubernator Sankt-Peterburga posetil Olimpiyskiy gorodok i Natsionalniy futbolniy sentr
Gubernator Sankt-Peterburga posetil Olimpiyskiy gorodok i Natsionalniy futbolniy sentr - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.09.2025
Obuna bo‘lish
MDHda noyob Olimpiya shaharchasi va xorijiy mutaxassislar jalb qilingan Milliy futbol markazi Beglovda katta taassurot qoldirdi.
TOShKENT, 11 sen — Sputnik. O‘zbekistonga tashrifi doirasida Sankt-Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov Toshkentdagi Olimpiya shaharchasi va Milliy futbol markazida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Bu haqda Sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Mehmonlar sport vaziri Adham Ikramov hamrohligida shaharcha hududidagi sport obyektlari, u yerda olib borilayotgan mashg‘ulotlar, sportchi va murabbiylar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirildi.
Aleksandr Beglov MDH davlatlari hududida ham noyob bo‘lgan inshoot - Olimpiya shaharchasi o‘zbek sporti rivojida muhim ahamiyat kasb etishini alohida e’tirof etdi.
Olimpiya shaharchasiga tashrifdan so‘ng mehmonlar Milliy futbol markazida yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishishdi.
© Press-slujba Ministerstva sportaGubernator Sankt-Peterburga posetil Olimpiyskiy gorodok i Natsionalniy futbolniy sentr
Gubernator Sankt-Peterburga posetil Olimpiyskiy gorodok i Natsionalniy futbolniy sentr - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.09.2025
Gubernator Sankt-Peterburga posetil Olimpiyskiy gorodok i Natsionalniy futbolniy sentr

"Bir vaqtning o‘zida 6 ta terma jamoaning o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish imkoniyatini beruvchi zamonaviy markazdan o‘rin olgan professional futbolchi va mutaxassislarni tayyorlash uchun mo‘ljallangan Mutaxassislarni tayyorlash va ilmiy-tadqiqot markazi, Terma jamoalar tayyorgarlik markazi, Respublika futbol akademiyasi, Sport tibbiyoti va reabilitatsiya markazi mehmonlarda yorqin taassurot qoldirdi", - deyilgan xabarda.

Yosh iste’dodlar saralanib, tarbiyalanayotgan ushbu markazga Argentina, Vengriya va Xorvatiya kabi davlatlardan mutaxassislar jalb qilingan. Ular malakali murabbiy, hakam, tahlilchi, selesioner va futbol menejerlarini tayyorlashda ishtirok etmoqda. Majmuada “VAR markazi” ham tashkil etilgan.
© Press-slujba Ministerstva sportaGubernator Sankt-Peterburga posetil Olimpiyskiy gorodok i Natsionalniy futbolniy sentr
Gubernator Sankt-Peterburga posetil Olimpiyskiy gorodok i Natsionalniy futbolniy sentr - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.09.2025
Gubernator Sankt-Peterburga posetil Olimpiyskiy gorodok i Natsionalniy futbolniy sentr
Milliy futbol markazini ko‘zdan kechirgan Aleksandr Beglov kelgusida o‘zbek futboli ulkan g‘alabalarni qo‘lga kiritishiga ishonch bildirdi.
Shavkat Mirziyoyev prinyal rossiyskuyu delegatsiyu vo glave s gubernatorom goroda Sankt-Peterburga Aleksandrom Beglovim. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.09.2025
Mirziyoyev Sankt-Peterburg gubernatorini qabul qildi
Yangiliklar lentasi
0