https://oz.sputniknews.uz/20260125/istanbul-uzbekistan-ayol-jasad-55249456.html
Istanbuldagi chiqindixonadan O‘zbekiston ayolning boshsiz jasadi topildi
Istanbuldagi chiqindixonadan O‘zbekiston ayolning boshsiz jasadi topildi
Sputnik O‘zbekiston
Turkiyaning Istanbul shahrida 37 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Durdona Hakimovaning boshsiz jasadi axlat qutisidan topildi. Hodisa yuzasidan qotillik bo‘yicha tergov olib borilmoqda.
2026-01-25T12:06+0500
2026-01-25T12:06+0500
2026-01-25T12:25+0500
qotillik
jinoyat
o‘zbekiston
jamiyat
istanbul
turkiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/19/55249285_0:0:770:433_1920x0_80_0_0_647a7e012c2b84dab24eceb4215b7f85.png
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. O‘zbekiston fuqarosining boshi tanasidan judo qilingan jasadi Istanbulning Shishli tumanidagi axlat qutisidan topildi. Bu haqda Turkiyaning Milliyet gazetasi xabar berdi.Mazkur holat haqida Turkiyaning yana bir qator ommaviy axborot vositalari ham ma’lumot tarqatdi.Nashr ma’lum qilishicha, Shishli tumanida qog‘oz yig‘ayotgan shaxs axlat qutisi ichida choyshabga o‘ralgan ayol jasadini aniqlagan. Hodisa joyiga politsiya yetib kelib, hududni o‘rab olgan. Keyinchalik tergovga qotillik jinoyatlarini tergov qilish bo‘yicha maxsus guruh jalb etilgan.Ma’lumotlarga ko‘ra, tergov harakatlari davom etmoqda. Hozircha ayolning boshi va kesilgan oyoqlari topilmagan.Shuningdek, guvohlar ko‘rsatmalari asosida voqea joyida payqalgan gumonlanuvchilar yuzasidan tekshiruv boshlangan. Konteyner yonidan topilgani aytilgan jomadon esa tumanning Bo‘zqurt ko‘chasidan aniqlanib, ko‘zdan kechirilgan.Yuzlab kuzatuv kameralari tasvirlari o‘rganilgandan so‘ng, ikki nafar gumonlanuvchi Gruziyaga qochish maqsadida aeroportga yo‘l olgani aniqlangan. Ular 8 soatlik tezkor tadbirlardan so‘ng, mamlakatni tark etishga ulgurmasdan qo‘lga olingan.
https://oz.sputniknews.uz/20260113/thailand-kater-halokat-ozbekistonliklar-54773738.html
o‘zbekiston
turkiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/19/55249285_97:0:674:433_1920x0_80_0_0_59a2d9197840c9f931c83de24fb40569.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
istanbul, turkiya, durdona hakimova, o‘zbekiston fuqarosi, boshsiz jasad, shishli, qotillik, sabah
istanbul, turkiya, durdona hakimova, o‘zbekiston fuqarosi, boshsiz jasad, shishli, qotillik, sabah
Istanbuldagi chiqindixonadan O‘zbekiston ayolning boshsiz jasadi topildi
12:06 25.01.2026 (yangilandi: 12:25 25.01.2026) Istanbuldagi chiqindixonadan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, qotillikda uning yaqin tanishi bo‘lgan o‘zbekistonlik erkak hamda unga yordam bergan shaxs gumon qilinmoqda
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. O‘zbekiston fuqarosining boshi tanasidan judo qilingan jasadi Istanbulning Shishli tumanidagi axlat qutisidan topildi. Bu haqda Turkiyaning Milliyet gazetasi
xabar berdi.
Mazkur holat haqida Turkiyaning yana bir qator ommaviy axborot vositalari ham ma’lumot tarqatdi.
Nashr ma’lum qilishicha, Shishli tumanida qog‘oz yig‘ayotgan shaxs axlat qutisi ichida choyshabga o‘ralgan ayol jasadini aniqlagan. Hodisa joyiga politsiya yetib kelib, hududni o‘rab olgan. Keyinchalik tergovga qotillik jinoyatlarini tergov qilish bo‘yicha maxsus guruh jalb etilgan.
Barmoq izlari orqali marhumaning shaxsi aniqlanib, u 37 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Durdona Hakimova ekani ma’lum qilingan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tergov harakatlari davom etmoqda. Hozircha ayolning boshi va kesilgan oyoqlari topilmagan.
Shuningdek, guvohlar ko‘rsatmalari asosida voqea joyida payqalgan gumonlanuvchilar yuzasidan tekshiruv boshlangan. Konteyner yonidan topilgani aytilgan jomadon esa tumanning Bo‘zqurt ko‘chasidan aniqlanib, ko‘zdan kechirilgan.
Turkiya politsiyasi Razvedka boshqarmasi bilan hamkorlikda olib borgan tezkor tadbirlar davomida qotillikda marhumaning yaqin tanishi, uning sevishgani bo‘lgani taxmin qilinayotgan O‘zbekiston fuqarosi gumonlanayotgani ma’lum qilingan. Shuningdek, unga bir sherigi yordam bergani ham gumon qilinmoqda.
Yuzlab kuzatuv kameralari tasvirlari o‘rganilgandan so‘ng, ikki nafar gumonlanuvchi Gruziyaga qochish maqsadida aeroportga yo‘l olgani aniqlangan. Ular 8 soatlik tezkor tadbirlardan so‘ng, mamlakatni tark etishga ulgurmasdan qo‘lga olingan.