https://oz.sputniknews.uz/20260113/thailand-kater-halokat-ozbekistonliklar-54773738.html
Tailanddagi kater halokatida o‘zbekistonliklar jabrlandi
Tailanddagi kater halokatida o‘zbekistonliklar jabrlandi
Sputnik O‘zbekiston
Tailandning Pxuket oroli yaqinida kater halokati sodir bo‘ldi. Unda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan, jabrlanganlar sog‘ayib chiqdi.
2026-01-13T14:59+0500
2026-01-13T14:59+0500
2026-01-13T16:31+0500
sayyohlar
turizm
avariya
o‘zbekiston
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/0d/54773568_0:0:768:432_1920x0_80_0_0_7385a178f2fa81faeb92be71746e0937.png
TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. 11-yanvar kuni Tailandning Pxuket oroli yaqinida halokatga uchragan katerda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan. Hodisa oqibatida ularning 2 nafari yengil tan jarohati olgan. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Ma’lum qilinishicha, jabrlanganlar mahalliy shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda ular to‘liq sog‘aygan va belgilangan tartibda shifoxonadan chiqarilgan.Hodisa yuzasidan O‘zbekistonning Bangkok shahridagi Bosh konsulxonasi mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda sog‘liqni saqlash muassasalari bilan doimiy aloqada bo‘lib kelgan.Avvalroq, RIA Novosti ushbu to‘qnashuv natijasida rossiyalik 18 yoshli sayyoh Yelizaveta Starix vafot etgani, shuningdek, 23 nafar rossiyalik turli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilganini ma’lum qilgan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20251229/uzbekistan-sayyohlar-davlatlar-borish-54535271.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/0d/54773568_97:0:673:432_1920x0_80_0_0_09cce9a9c6d4cca299c3d4f219bd1ced.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
pxuket kater halokati, tailandda hodisa, o‘zbekiston fuqarolari, tashqi ishlar vazirligi, bangkok bosh konsulxonasi, kater to‘qnashuvi, sayyohlar xavfsizligi
pxuket kater halokati, tailandda hodisa, o‘zbekiston fuqarolari, tashqi ishlar vazirligi, bangkok bosh konsulxonasi, kater to‘qnashuvi, sayyohlar xavfsizligi
Tailanddagi kater halokatida o‘zbekistonliklar jabrlandi
14:59 13.01.2026 (yangilandi: 16:31 13.01.2026) Pxuket oroli yaqinida halokatga uchragan katerda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan.
TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. 11 yanvar kuni Tailandning Pxuket oroli yaqinida halokatga uchragan katerda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan. Hodisa oqibatida ularning 2 nafari yengil tan jarohati olgan. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, jabrlanganlar mahalliy shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda ular to‘liq sog‘aygan va belgilangan tartibda shifoxonadan chiqarilgan.
Shuningdek, ularning barcha tibbiy hamda boshqa zarur xarajatlari katerga egalik qiluvchi kompaniyaning sug‘urta mablag‘lari hisobidan to‘liq qoplab berilgan.
Hodisa yuzasidan O‘zbekistonning Bangkok shahridagi Bosh konsulxonasi mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda sog‘liqni saqlash muassasalari bilan doimiy aloqada bo‘lib kelgan.
Avvalroq, RIA Novosti ushbu to‘qnashuv natijasida rossiyalik 18 yoshli sayyoh Yelizaveta Starix vafot etgani, shuningdek, 23 nafar rossiyalik turli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilganini ma’lum qilgan edi.