Toshkentdagi "Navro‘z" dehqon bozori va "Bo‘z bozor" rekonstruksiya qilinadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovChorsu - samiy stariy bazar v starom Tashkente
Chorsu - samiy stariy bazar v starom Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.01.2026
Obuna bo‘lish
“Navro‘z” dehqon bozori va “Bo‘z bozor”ni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.
TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi "Navro‘z" dehqon bozori hamda "Bo‘z bozor" shoxobchasini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar belgilandi. Bu haqda Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu ishlar yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini joriy etishga qaratilgan.
Ma’lum qilinishicha, bozorlar bosqichma-bosqich raqamlashtirilib, savdo jarayonlarining ochiqligi va shaffofligi ta’minlanadi.
Shuningdek, bozor hududida maxsus vaziyat markazi tashkil etilib, iqtisodiy va nazorat jarayonlari yagona tartibda muvofiqlashtiriladi.
Qayd etilishicha, mazkur islohotlar tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoit yaratish, naqdsiz hisob-kitoblarni kengaytirish va aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Chorsu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.11.2025
Chorsu bo‘ylab sayr: Toshkentdagi eng qadimgi bozor tarixi va hayoti
Yangiliklar lentasi
0