Uzbekistan Airways samolyoti Krasnoyarskda favqulodda qo‘ndi

© Sputnik / Natalya SeliverstovaBoing 767-300 aviakompanii Uzbekistan Airways
Boing 767-300 aviakompanii Uzbekistan Airways  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2026
Obuna bo‘lish
Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga tegishli yo‘lovchi samolyoti texnik sabablarga ko‘ra Rossiyaning Krasnoyarsk aeroportiga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi.
TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Toshkent–Vladivostok yo‘nalishi bo‘yicha reysni amalga oshirayotgan Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Boeing 767-300 samolyoti texnik sabablarga ko‘ra Krasnoyarsk aeroportiga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda aeroport matbuot xizmati xabar berdi.
Hodisa 21-yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 14:46 da sodir bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, samolyot bortida 122 nafar yo‘lovchi va ekipaj a’zolari bo‘lgan. Jarohatlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.
Krasnoyarsk aeroportining barcha xizmatlari zudlik bilan to‘liq shay holatga keltirilgan. Qo‘nish belgilangan xavfsizlik talablariga muvofiq amalga oshirilgan. Ayni paytda aeroport odatiy rejimda ishlashda davom etmoqda.
Samolet vo vremya posadki v slojnix meteousloviyax, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.12.2025
Chet davlatlardan kelayotgan ayrim reyslar Samarqandga yo‘naltirildi
Yangiliklar lentasi
0