Chet davlatlardan kelayotgan ayrim reyslar Samarqandga yo‘naltirildi

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Mediabankka o‘tishSamolet vo vremya posadki v slojnix meteousloviyax, arxivnoe foto
Samolet vo vremya posadki v slojnix meteousloviyax, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.12.2025
Obuna bo‘lish
Ayrim aeroportlarda vaqtinchalik cheklovlar o‘rnatilishi va parvoz xavfsizligi bilan bog‘liq holatlar tufayli bir qator xalqaro reyslar Samarqand aeroportiga muqobil aerodrom sifatida qo‘ndi.
TOShKENT, 24 dek – Sputnik. O‘zbekistonning ayrim aeroportlarida noqulay ob-havo sharoiti kuzatilishi sababli Samarqand xalqaro aeroporti bir qator reyslarni muqobil aerodrom sifatida qabul qildi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Jumladan, Moskva–Buxoro yo‘nalishidagi reys Buxoro aeroportida tuman sababli (ko‘rinish — 650 metr) vaqtinchalik cheklovlar joriy etilgani uchun Samarqandga yo‘naltirildi. Samolyot soat 3:27 da qo‘ndi.
Sankt-Peterburg–Urganch reysi Urganch aeroportida ko‘rinish 200 metrgacha pasaygani bois Samarqandga yo‘naltirildi. Qo‘nish soat 6:17 da amalga oshirildi.
Moskva–Termiz reysi ham Termiz aeroportidagi cheklovlar (tuman, ko‘rinish — 200 metr) sababli Samarqandda qo‘ndi. Samolyot soat 6:03 da yetib keldi.
Shuningdek, Moskva–Buxoro yo‘nalishidagi SU1876 reysi Buxorodagi ko‘rinish 300 metrga tushgani sababli Samarqandga yo‘naltirildi. Qo‘nish soat 6:36 da amalga oshirildi.
Bundan tashqari, Istanbul–Namangan reysida yo‘lovchilardan birining ahvoli yomonlashgani sababli samolyot Samarqand xalqaro aeroportiga qo‘ndi. Samolyot soat 5:53 da yetib kelgan.
Samolet - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.12.2025
Rossiya loukosteri Moskvadan Nukus va Termizga arzon reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda
Yangiliklar lentasi
0