https://oz.sputniknews.uz/20260121/samarkand-xojaliklar-onlayn-royxat-55115849.html
Samarqand viloyatida uy xo‘jaliklarining qariyb yarmi onlayn ro‘yxatdan o‘tdi
Samarqand viloyatida uy xo‘jaliklarining qariyb yarmi onlayn ro‘yxatdan o‘tdi
Sputnik O‘zbekiston
Samarqand viloyatida aholini ro‘yxatga olishning olti kunida uy xo‘jaliklarining 46,6 foizi census.stat.uz portali orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. Qo‘shrabot tumani eng faol hudud bo‘ldi.
2026-01-21T16:37+0500
2026-01-21T16:37+0500
2026-01-21T16:37+0500
jamiyat
o‘zbekiston
samarqand viloyati
aholini ro‘yxatga olish
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/07/1c/50886020_126:462:2945:2048_1920x0_80_0_0_a5abc162a11587ef3c113219d93005b0.jpg
TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Samarqand viloyatida uy xo‘jaliklarining qariyb yarmi aholini onlayn ro‘yxatga olishdan o‘tdi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiriga viloyat statistika boshqarmasi mutaxassisi Firdavs Shukurov ma’lum qildi.Ma’lum qilinishicha, aholini ro‘yxatga olishning olti kuni davomida Samarqand viloyatida uy xo‘jaliklarining 46,6 foizi census.stat.uz portali orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkazilgan.Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shaharlarida esa onlayn ro‘yxatdan o‘tish sur’atlari nisbatan past bo‘lib, mos ravishda 33,9 va 38,4 foiz darajasida qayd etilgan.15 yanvar kuni O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish boshlandi. U 45 kun davom etadi. Dastlabki ikki hafta — 31-yanvargacha xohlovchilar anketani onlayn tarzda mustaqil to‘ldirishlari mumkin. 1−3 fevral kunlari internet orqali ro‘yxatdan o‘tgan respondentlar ro‘yxati va ularning uy manzillari shakllantiriladi. 4-fevraldan 28-fevralgacha ro‘yxatga oluvchilar uyma-uy yurib, planshetlardan foydalangan holda respondentlarning so‘zlaridan varaqalarni to‘ldirishadi.
https://oz.sputniknews.uz/20260117/aholini-royxatga-olishda-eng-kop-berilayotgan-savollarga-javoblar-berildi-54866043.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/07/1c/50886020_236:102:2830:2048_1920x0_80_0_0_551a4557d822e5ffbe9d4a99ee58a765.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
samarqand viloyati, aholini ro‘yxatga olish, onlayn ro‘yxat, census.stat.uz, uy xo‘jaliklari, qo‘shrabot tumani, toyloq, pastdarg‘om, samarqand shahri, kattaqo‘rg‘on, statistika
samarqand viloyati, aholini ro‘yxatga olish, onlayn ro‘yxat, census.stat.uz, uy xo‘jaliklari, qo‘shrabot tumani, toyloq, pastdarg‘om, samarqand shahri, kattaqo‘rg‘on, statistika
Samarqand viloyatida uy xo‘jaliklarining qariyb yarmi onlayn ro‘yxatdan o‘tdi
Samarqand viloyatida aholini ro‘yxatga olish jarayonida onlayn ishtirok darajasi yuqori bo‘lmoqda.
TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Samarqand viloyatida uy xo‘jaliklarining qariyb yarmi aholini onlayn ro‘yxatga olishdan o‘tdi. Bu haqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiriga viloyat statistika boshqarmasi mutaxassisi Firdavs Shukurov ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, aholini ro‘yxatga olishning olti kuni davomida Samarqand viloyatida uy xo‘jaliklarining 46,6 foizi census.stat.uz portali orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Eng faol ko‘rsatkich Qo‘shrabot tumanida qayd etilgan — 83,4 foiz. Shuningdek, Toyloq tumanida bu ko‘rsatkich 63,7 foiz, Pastdarg‘om tumanida esa 61,4 foizni tashkil etgan.
Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shaharlarida esa onlayn ro‘yxatdan o‘tish sur’atlari nisbatan past bo‘lib, mos ravishda 33,9 va 38,4 foiz darajasida qayd etilgan.
15 yanvar kuni O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish
boshlandi. U 45 kun davom etadi. Dastlabki ikki hafta — 31-yanvargacha xohlovchilar anketani onlayn tarzda mustaqil to‘ldirishlari mumkin. 1−3 fevral kunlari internet orqali ro‘yxatdan o‘tgan respondentlar ro‘yxati va ularning uy manzillari shakllantiriladi. 4-fevraldan 28-fevralgacha ro‘yxatga oluvchilar uyma-uy yurib, planshetlardan foydalangan holda respondentlarning so‘zlaridan varaqalarni to‘ldirishadi.