Afg‘oniston 9,4 ming MVtdan ortiq elektr ishlab chiqarish shartnomalarini imzoladi

© Sputnik / Sergey Malgavko / Mediabankka o‘tishVisokovoltnie elektrolinii
Visokovoltnie elektrolinii  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.01.2026
Obuna bo‘lish
Imzolangan yangi energetik kelishuvlar Afg‘onistonda elektr ishlab chiqarish hajmini oshirish, importga qaramlikni kamaytirish va iqtisodiy faollikni rag‘batlantirishga qaratilgan.
TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Afg‘onistonning Afghanistan Breshna Sherkat (DABS) davlat energetika kompaniyasi 2025-yil 21-martdan boshlab jami 9,4 ming MVtdan ortiq elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha shartnomalar va o‘zaro anglashuv memorandumlarini imzoladi. Bu haqda RIA Novosti kompaniya matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hijriy-shamsiy taqvimga ko‘ra 1404-yil boshidan buyon (2025 yil 21-martdan boshlangan - tahr.) DABS mahalliy va xorijiy kompaniyalar bilan 9 407 MVt quvvatga teng loyihalar bo‘yicha kelishuvlarga erishgan.
Loyihalar turli manbalar — ko‘mir, tabiiy gaz va issiqlik energiyasi asosida elektr ishlab chiqarishni nazarda tutadi. Xususan:
323 MVt elektr energiyasi ko‘mir hisobiga olinadi, tadqiqot ishlari yakunlangan;
ushbu yo‘nalishda mamlakatning uchta mintaqasida yaqin vaqtda amaliy ishlar boshlanadi;
tabiiy gazdan 100 MVt energiya ishlab chiqarish bo‘yicha shartnoma asosida ishlar allaqachon start olgan.
Shuningdek, DABS Kobul shahridagi Green Industries sanoat parkida 34 MVt quvvatli quyosh elektr stansiyasi, 126 MVA podstansiya, 220 kV elektr uzatish liniyasi qurilishini boshlagan.
Ushbu loyihaning umumiy qiymati taxminan 40 million dollar deb baholanmoqda.
Afg‘onistonlik iqtisodiy ekspertlar fikricha, ushbu loyihalar o‘z vaqtida amalga oshirilsa, barqaror energiya ta’minoti, iqtisodiy o‘sish va yangi ish o‘rinlari yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodchi Muhammad Karim Azimiyning ta’kidlashicha, joriy yilda ko‘plab shartnomalar imzolangan bo‘lsa-da, ularning aksariyati hali baholash bosqichida, amaliy ishlar esa to‘liq boshlanmagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yil avgust holatida Afg‘oniston Turkmaniston, Eron, O‘zbekiston va Tojikistondan taxminan 800 MVt elektr energiyasi import qilgan, mamlakatning o‘z ishlab chiqarishi esa 250 MVt atrofida bo‘lgan.
Uzbekistan podpisal soglashenie o postavkax elektroenergii v Afganistan v 2026 godu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2025
O‘zbekiston Afg‘onistonga 2026-yilda ham elektr energiyasi yetkazib beradi
Yangiliklar lentasi
0