https://oz.sputniknews.uz/20260115/uy-boshqarish-klaster-tizim-54807115.html
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarishda klaster tizimi joriy etiladi - takliflar ko‘rib chiqildi
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarishda klaster tizimi joriy etiladi - takliflar ko‘rib chiqildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ko‘p kvartirali uy-joy fondini boshqarish tizimi yangilanadi. 2026–2030 yillarda klaster modeli, “Mening uyim” billing tizimi va sun’iy intellekt joriy etiladi.
2026-01-15T09:24+0500
2026-01-15T09:24+0500
2026-01-15T09:24+0500
o‘zbekiston
jamiyat
uy-joy kommunal xizmati
prezident
islohotlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/0f/54806942_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_03b54dc641e9f860d241c6e9e584d6ce.jpg
TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev ko‘p kvartirali uy-joy fondini boshqarish tizimini takomillashtirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilganidek, hozirda mamlakatda 44 mingdan ziyod ko‘p kvartirali uyda 7,1 million nafar aholi istiqomat qiladi. Uy-joylarga 900 dan ortiq boshqaruv servis kompaniyalari va 200 dan ziyod shirkatlar xizmat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, 856 ta uyda o‘zini o‘zi boshqarish tizimi joriy etilgan.Eksperiment doirasida uylar holati tahlil qilinib, “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratiladi. Kamida 7 ming xonadonni qamrab olgan lotlar shakllantirilib, ular uchun 5-yillik rivojlantirish dasturlari ishlab chiqiladi. Boshqaruvchi tashkilotlar esa “Mening uyim” tizimi orqali mulkdorlar ovozi bilan tanlanadi.Boshqaruvchi tashkilotlar uchun minimal moliyaviy va tashkiliy talablar belgilanadi. Jumladan, o‘z mablag‘i, moddiy-texnik baza hamda 24/7 dispetcherlik xizmati mavjud bo‘lishi shart bo‘ladi. Majburiy badallar va boshqaruvchi tashkilotlarning xizmatlardan tushadigan barcha qo‘shimcha daromadlari faqat “Mening uyim” billing tizimi orqali hisobga olinadi. Agar har chorak yakuni bo‘yicha tizimga hisobot kiritilmasa, keyingi oylar uchun majburiy badallar hisoblanishi ma’lumotlar kiritilgunga qadar vaqtincha to‘xtatiladi va orqaga qayta hisob-kitob qilinmaydi.Shuningdek, ko‘p kvartirali uylarning texnik holati, yer uchastkalari, energiya va suv iste’moli haqidagi ma’lumotlarni qamrab olgan “Turar-joy” milliy axborot tizimi ishga tushiriladi. Uyni foydalanishga qabul qilishda kadastr pasporti rasmiylashtirilib, mazkur tizimda avtomatik aks etishi belgilandi. Boshqaruv servis kompaniyalarining dispetcherlik xizmatlarida sun’iy intellektga asoslangan tizimlar joriy etilib, murojaatlar bilan ishlash va xizmat ko‘rsatish tezligi oshirilishi ta’kidlandi.2026–2030 yillarda hokimliklar huzurida uy-joy kommunal sohani nazorat qiluvchi hududiy inspeksiyalar tashkil etish va hokimning uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini joriy etish taklif qilindi.Davlat rahbari mutasaddilarga soha yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.
https://oz.sputniknews.uz/20251202/qurilish-talablar-taqiqlar-53863627.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/0f/54806942_143:0:1280:853_1920x0_80_0_0_9119fd6d33e19e2cddba41fa5b3f55c0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, ko‘p kvartirali uylar, uy-joy fondi, kommunal xizmatlar, mening uyim tizimi, billing tizimi, klaster boshqaruv, uy-joy islohoti, 2026–2030 yillar, sun’iy intellekt, turar-joy axborot tizimi, uy-joy kommunal xo‘jaligi
o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, ko‘p kvartirali uylar, uy-joy fondi, kommunal xizmatlar, mening uyim tizimi, billing tizimi, klaster boshqaruv, uy-joy islohoti, 2026–2030 yillar, sun’iy intellekt, turar-joy axborot tizimi, uy-joy kommunal xo‘jaligi
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarishda klaster tizimi joriy etiladi - takliflar ko‘rib chiqildi
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimida katta o‘zgarishlar kutilmoqda. Yangi klaster modeli, “Mening uyim” tizimi va moliyaviy shaffoflik asosiy yo‘nalishlardan
TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev ko‘p kvartirali uy-joy fondini boshqarish tizimini takomillashtirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Qayd etilganidek, hozirda mamlakatda 44 mingdan ziyod ko‘p kvartirali uyda 7,1 million nafar aholi istiqomat qiladi. Uy-joylarga 900 dan ortiq boshqaruv servis kompaniyalari va 200 dan ziyod shirkatlar xizmat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, 856 ta uyda o‘zini o‘zi boshqarish tizimi joriy etilgan.
2026–2030 yillarda ayrim shahar va tumanlarda ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarishning klaster tizimini huquqiy eksperiment sifatida joriy etish taklif qilindi.
Eksperiment doirasida uylar holati tahlil qilinib, “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratiladi. Kamida 7 ming xonadonni qamrab olgan lotlar shakllantirilib, ular uchun 5-yillik rivojlantirish dasturlari ishlab chiqiladi. Boshqaruvchi tashkilotlar esa “Mening uyim” tizimi orqali mulkdorlar ovozi bilan tanlanadi.
Boshqaruvchi tashkilotlar uchun minimal moliyaviy va tashkiliy talablar belgilanadi. Jumladan, o‘z mablag‘i, moddiy-texnik baza hamda 24/7 dispetcherlik xizmati mavjud bo‘lishi shart bo‘ladi.
Majburiy badallar va boshqaruvchi tashkilotlarning xizmatlardan tushadigan barcha qo‘shimcha daromadlari faqat “Mening uyim” billing tizimi orqali hisobga olinadi.
“Mening uyim” axborot tizimi orqali umumiy yig‘ilish o‘tkazish, muhokama qilish, qaror qabul qilish, shartnoma tuzish, hisobot taqdim etish hamda murojaatlarni yuborish va ko‘rib chiqish imkoniyatlari to‘liq yo‘lga qo‘yiladi.
Agar har chorak yakuni bo‘yicha tizimga hisobot kiritilmasa, keyingi oylar uchun majburiy badallar hisoblanishi ma’lumotlar kiritilgunga qadar vaqtincha to‘xtatiladi va orqaga qayta hisob-kitob qilinmaydi.
Shuningdek, ko‘p kvartirali uylarning texnik holati, yer uchastkalari, energiya va suv iste’moli haqidagi ma’lumotlarni qamrab olgan “Turar-joy” milliy axborot tizimi ishga tushiriladi. Uyni foydalanishga qabul qilishda kadastr pasporti rasmiylashtirilib, mazkur tizimda avtomatik aks etishi belgilandi.
Boshqaruv servis kompaniyalarining dispetcherlik xizmatlarida sun’iy intellektga asoslangan tizimlar joriy etilib, murojaatlar bilan ishlash va xizmat ko‘rsatish tezligi oshirilishi ta’kidlandi.
2026–2030 yillarda hokimliklar huzurida uy-joy kommunal sohani nazorat qiluvchi hududiy inspeksiyalar tashkil etish va hokimning uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini joriy etish taklif qilindi.
Davlat rahbari mutasaddilarga soha yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.