Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Dronlar yetkazilmagan, pul o‘zlashtirilgan: Ukrainada yirik harbiy korrupsiya ishi

© Sputnik / StringerZdanie Generalnoy prokuraturi Ukraini v Kiyeve
Zdanie Generalnoy prokuraturi Ukraini v Kiyeve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.01.2026
Obuna bo‘lish
Ukrainada FPV dronlari va optik uskunalar xaridi bilan bog‘liq yirik korrupsiya ishi fosh etildi. Tergovga ko‘ra, davlat budjetiga 47 million grivna zarar yetkazilgan.
TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmalaridan birining sobiq qo‘mondoni va bir qator harbiy xizmatchilar FPV dronlari hamda optik uskunalar xaridi uchun ajratilgan 47 million grivnani (1 million dollardan ortiq) o‘zlashtirgan. RIA Novosti Ukraina Bosh prokurori idorasi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2024-yilda sobiq qo‘mondon jinoiy sxema tashkil etgan. Unga amaldagi harbiy xizmatchilar hamda yetkazib beruvchilar bilan aloqani ta’minlagan fuqarolar jalb etilgan. Ular xaridlarni rejalashtirish, mulkni qabul qilish va hujjatlarni rasmiylashtirish bilan shug‘ullangan.
2024 yil aprelidan dekabrigacha ushbu jinoiy guruh FPV dronlari va optik uskunalarni yetkazib berish bo‘yicha 37 ta shartnoma tuzgan.
Biroq tekshiruv davomida aniqlanishicha, dronlar aslida harbiy qismlarga yetkazib berilmagan. Optik uskunalarning bir qismi esa shartnomada ko‘rsatilgan texnik talablarga javob bermaydigan mahsulotlar bilan almashtirilgan.
Bosh prokuror idorasi ma’lum qilishicha, mansabdor shaxslar tovarlar real yetkazib berilmagan bo‘lsada, shartnomalar bajarilgani haqida soxta hujjatlar rasmiylashtirgan. Natijada davlat budjeti hisobidan mablag‘lar o‘tkazilgan va 47 million grivna miqdorida zarar yetkazilgan.
Hozirda besh nafar shaxsga nisbatan jinoiy tashkilot tuzish, juda ko‘p miqdorda budjet mablag‘larini o‘zlashtirish hamda xizmat soxtakorligi moddalari bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
Zasedanie Verxovnoy radi Ukraini - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.01.2026
Ukrainada sobiq bosh vazir va Zelenskiy partiyasi fraksiyasi rahbari korrupsiyada gumonlanyapti
Yangiliklar lentasi
0