Toshkent hokimligi hokim nomidan foydalanayotgan firibgarlardan ogohlantirdi

© Press-slujba xokimiyata TashkentaZdanie xokimiyata Tashkenta
Zdanie xokimiyata Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.01.2026
Obuna bo‘lish
Toshkent shahar hokimligi ijtimoiy tarmoqlarda hokim Shavkat Umurzakov nomidan ochilayotgan soxta akkauntlar haqida fuqarolarni ogohlantirdi
TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda firibgarlar Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov nomidan foydalanib, soxta akkauntlar ochayotgani aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soxta akkauntlarda hokimning rasmi, ismi va familiyasi qo‘llanilib, fuqarolarga turli murojaatlar va xabarlar yuborilmoqda.
© Xokimiyat goroda TashkentaXokimiyat Tashkenta predupredil grajdan o moshennikax
Xokimiyat Tashkenta predupredil grajdan o moshennikax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.01.2026
Xokimiyat Tashkenta predupredil grajdan o moshennikax
Toshkent shahar hokimligi bunday akkauntlar soxta bo‘lib, ularga ishonmaslik va muloqotga kirishmaslik qat’iyan tavsiya etdi. Ushbu akkauntlarning barchasi firibgarlarga tegishli ekani bildirildi.
Shuningdek, ta’kidlanishicha, Toshkent shahar hokimi yoki hokimlikka aloqador mansabdor shaxslar aholiga shaxsiy tartibda xabar yubormaydi. Agar rasmiy sahifa yoki aloqa kanali ochiladigan bo‘lsa, bu haqda faqat hokimlik matbuot xizmatining rasmiy axborot kanallari orqali oldindan ma’lum qilinadi.
Messendjer Telegram  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.12.2025
Firibgarlik va shantaj: firibgarlar ijtimoiy tarmoqdagi akkauntlarni nega buzishi ochiqlandi
Yangiliklar lentasi
0