https://oz.sputniknews.uz/20251223/firibgarlar-ijtimoiy-tarmoq-akkaunt-buzish-54404029.html
Firibgarlik va shantaj: firibgarlar ijtimoiy tarmoqdagi akkauntlarni nega buzishi ochiqlandi
Firibgarlik va shantaj: firibgarlar ijtimoiy tarmoqdagi akkauntlarni nega buzishi ochiqlandi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya IIV firibgarlar oddiy foydalanuvchilar akkauntlarini nega va qanday maqsadlarda buzib kirishini izohladi. Vazirlikka ko‘ra, bunday akkauntlar fishing, shantaj va aldash sxemalarida keng qo‘llaniladi.
2025-12-23T12:21+0500
2025-12-23T12:21+0500
2025-12-23T12:21+0500
rossiya
internet
raqamli texnologiyalar
sun’iy intellekt
jamiyat
iiv
kiberxavfsizlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/14/47208872_0:219:2838:1815_1920x0_80_0_0_aded33c78c3957097f6696ea23f698cd.jpg
TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Firibgarlar oddiy foydalanuvchilarning messenjer va ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarini buzib, ulardan fishing xabarlarini tarqatish, shubhali sxemalarda ishtirok etish hamda shantaj qilish uchun foydalanadi. Bu haqda Rossiya IIV Kiberjinoyatlarga qarshi kurash boshqarmasi ma’lum qildi.Vazirlikka ko‘ra, bunday akkauntlarga kirishdan asosiy maqsad yozishmalarni o‘qish emas. Ular, avvalo, vosita sifatida qo‘llaniladi — firibgarlik xabarlarini tarqatish, turli “kulrang” sxemalarda ishtirok etish yoki egasini shantaj qilish uchun. Chunki oddiy foydalanuvchilar akkauntlarida hujjatlar, shaxsiy fotosuratlar, ish yozishmalari kabi ma’lumotlar saqlanadi va ular bosim o‘tkazishda qo‘l keladi.IIVning ta’kidlashicha, ko‘pchilik akkaunt qiymatini obunachilar soni yoki “yulduz” maqomi bilan bog‘laydi, ammo noqonuniy bozorda aksincha — oddiy, lekin faol akkauntlar ko‘proq talabga ega.Shuningdek, huquq-tartibot idoralari xodimlari ovoz va video ma’lumotlar alohida xavf tug‘dirishini ta’kidlamoqda. Messenjerlarda yillar davomida yig‘ilgan ovozli xabarlar va videolar neyrotarmoqlar yordamida foydalanuvchi ovozini taqlid qilish imkonini beradi. Bu esa yaqinlar uchun aldanish xavfini oshiradi, chunki so‘z faqat matn haqida emas, balki tanish ovoz va muloqot uslubi haqida bormoqda.IIV misol sifatida pedagog akkaunti buzilib, uning nomidan ota-onalar uchun guruh chat ochilgan holatni keltirdi. Jinoyatchilar o‘qituvchiga bo‘lgan ishonchdan foydalanib, go‘yoki Sankt-Peterburgda yashash va ovqatlanish uchun shoshilinch pul yig‘ish haqida xabar tarqatgan.
https://oz.sputniknews.uz/20251103/kredit-firibgarlik-qurbonlar-qarz-tolamaslik-53206022.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/14/47208872_0:0:2732:2048_1920x0_80_0_0_26c4a6524fa3aa492a2b5192d2174c9e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya iiv, firibgarlar, akkaunt buzish, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar, fishing, kiberjinoyat, shantaj, shaxsiy ma’lumotlar, ovozli xabarlar, neyrotarmoqlar, internet xavfsizligi
rossiya iiv, firibgarlar, akkaunt buzish, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar, fishing, kiberjinoyat, shantaj, shaxsiy ma’lumotlar, ovozli xabarlar, neyrotarmoqlar, internet xavfsizligi
Firibgarlik va shantaj: firibgarlar ijtimoiy tarmoqdagi akkauntlarni nega buzishi ochiqlandi
Rossiya IIVning ma’lum qilishicha, firibgarlar ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarni yozishma o‘qish uchun emas, balki shantaj qilish va turli firibgarlik sxemalarida foydalanish maqsadida buzib kirmoqda.
TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Firibgarlar oddiy foydalanuvchilarning messenjer va ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarini buzib, ulardan fishing xabarlarini tarqatish, shubhali sxemalarda ishtirok etish hamda shantaj qilish uchun foydalanadi. Bu haqda Rossiya IIV Kiberjinoyatlarga qarshi kurash boshqarmasi
ma’lum qildi.
Vazirlikka ko‘ra, bunday akkauntlarga kirishdan asosiy maqsad yozishmalarni o‘qish emas. Ular, avvalo, vosita sifatida qo‘llaniladi — firibgarlik xabarlarini tarqatish, turli “kulrang” sxemalarda ishtirok etish yoki egasini shantaj qilish uchun. Chunki oddiy foydalanuvchilar akkauntlarida hujjatlar, shaxsiy fotosuratlar, ish yozishmalari kabi ma’lumotlar saqlanadi va ular bosim o‘tkazishda qo‘l keladi.
IIVning ta’kidlashicha, ko‘pchilik akkaunt qiymatini obunachilar soni yoki “yulduz” maqomi bilan bog‘laydi, ammo noqonuniy bozorda aksincha — oddiy, lekin faol akkauntlar ko‘proq talabga ega.
“Tarixi, kontaktlari va odatiy faolligi bo‘lgan "jonli" profil insonlar va avtomatik tizimlar uchun ishonchli ko‘rinadi. Shu bois u suiiste’mollar uchun juda qulay", — deya qayd etilgan vazirlik xabarida.
Shuningdek, huquq-tartibot idoralari xodimlari ovoz va video ma’lumotlar alohida xavf tug‘dirishini ta’kidlamoqda. Messenjerlarda yillar davomida yig‘ilgan ovozli xabarlar va videolar neyrotarmoqlar yordamida foydalanuvchi ovozini taqlid qilish imkonini beradi. Bu esa yaqinlar uchun aldanish xavfini oshiradi, chunki so‘z faqat matn haqida emas, balki tanish ovoz va muloqot uslubi haqida bormoqda.
IIV misol sifatida pedagog akkaunti buzilib, uning nomidan ota-onalar uchun guruh chat ochilgan holatni keltirdi. Jinoyatchilar o‘qituvchiga bo‘lgan ishonchdan foydalanib, go‘yoki Sankt-Peterburgda yashash va ovqatlanish uchun shoshilinch pul yig‘ish haqida xabar tarqatgan.