https://oz.sputniknews.uz/20260114/south-korea-uzbekistan-tez-yordam-avtomashina-54785182.html
Koreya granti hisobidan O‘zbekistonga 100 ta “tez yordam” mashinasi olib kelinadi
Koreya granti hisobidan O‘zbekistonga 100 ta “tez yordam” mashinasi olib kelinadi
Sputnik O‘zbekiston
Koreya Respublikasining DK Consultants kompaniyasi granti hisobidan O‘zbekistonga 100 ta tez tibbiy yordam avtomashinasi olib kelinadi. Qiymati — 7 mln dollar.
2026-01-14T09:50+0500
2026-01-14T09:50+0500
2026-01-14T11:22+0500
jamiyat
o‘zbekiston
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
sog‘liq
tez yordam mashinasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/18/31669868_0:52:1280:772_1920x0_80_0_0_fdf422a0775c4315ff7312c94476d6aa.jpg
TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. Koreya Respublikasining DK Consultants kompaniyasi granti hisobidan O‘zbekistonga 100 ta tez tibbiy yordam avtomashinasi yetkazib beriladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Bu bo‘yicha tegishli memorandum imzolandi. Unga ko‘ra, tez yordam avtomashinalarini 2026-yilning birinchi yarmida xarid qilish rejalashtirilgan. Loyiha qiymati 7 million AQSh dollarini tashkil etadi.Kelishuv Sog‘liqni saqlash vazirligi vaziri o‘rinbosari F. Tashpulatov boshchiligidagi delegatsiyaning Koreya Respublikasiga amaliy tashrifi doirasida imzolandi.Shu bilan birga, muloqot chog‘ida:
https://oz.sputniknews.uz/20251110/tibbiyot-raqamlashtirish-yordam-dori-aylanma-53366750.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/18/31669868_92:0:1189:823_1920x0_80_0_0_5074441fe15b6f8469a2b5641ce9ddbd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston sog‘liqni saqlash, koreya respublikasi, dk consultants, tez tibbiy yordam avtomashinalari, grant mablag‘i, 7 million dollar, sog‘liqni saqlashda hamkorlik, davlat-xususiy sheriklik, toshkent 7-son klinik shifoxona, endokrinologiya markazi, tibbiyot infratuzilmasi, xalqaro hamkorlik, skoriy, skoriy
o‘zbekiston sog‘liqni saqlash, koreya respublikasi, dk consultants, tez tibbiy yordam avtomashinalari, grant mablag‘i, 7 million dollar, sog‘liqni saqlashda hamkorlik, davlat-xususiy sheriklik, toshkent 7-son klinik shifoxona, endokrinologiya markazi, tibbiyot infratuzilmasi, xalqaro hamkorlik, skoriy, skoriy
Koreya granti hisobidan O‘zbekistonga 100 ta “tez yordam” mashinasi olib kelinadi
09:50 14.01.2026 (yangilandi: 11:22 14.01.2026) DK Consultants kompaniyasi granti hisobidan tez tibbiy yordam mashinasini yetkazib berish bo‘yicha 7 million dollarlik memorandum imzolandi.
TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. Koreya Respublikasining DK Consultants kompaniyasi granti hisobidan O‘zbekistonga 100 ta tez tibbiy yordam avtomashinasi yetkazib beriladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi.
Bu bo‘yicha tegishli memorandum imzolandi. Unga ko‘ra, tez yordam avtomashinalarini 2026-yilning birinchi yarmida xarid qilish rejalashtirilgan. Loyiha qiymati 7 million AQSh dollarini tashkil etadi.
Kelishuv Sog‘liqni saqlash vazirligi vaziri o‘rinbosari F. Tashpulatov boshchiligidagi delegatsiyaning Koreya Respublikasiga amaliy tashrifi doirasida imzolandi.
Kompaniya rahbariyati bilan uchrashuvda sog‘liqni saqlash sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, shuningdek, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shu bilan birga, muloqot chog‘ida:
Toshkent shahridagi 7-son klinik shifoxonani davlat-xususiy sheriklik asosida boshqaruvga olish;
Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida zamonaviy davolash binosini barpo etish yuzasidan takliflar bildirildi.