Masofadan yordam, shaffoflik: Mirziyoyev tibbiyotni raqamlashtirish rejalari bilan tanishdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident oznakomilsya s planami po sifrovizatsii meditsini
Prezident oznakomilsya s planami po sifrovizatsii meditsini - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.11.2025
Obuna bo‘lish
Sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirish orqali chaqiriqlarga yetib borish tezlashadi, dori vositalari aylanmasi shaffoflashadi va aholi uchun masofadan tibbiy maslahat berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyevga 36 million nafardan ortiq fuqarolarning tibbiy ma’lumotlari jamlangan DMED yagona elektron axborot tizimi imkoniyatlari taqdim etildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu tizim sog‘liqni saqlashni raqamlashtirish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish va tibbiy ta’limni takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar doirasida namoyish etildi.
Ma’lum qilinishicha, 2024–2025 yillarda 3 mingdan ziyod tibbiyot muassasasi lokal tarmoq bilan ta’minlandi, minglab yangi kompyuterlar olib kelindi va texnik baza yangilandi.
DMED tizimi orqali tez tibbiy yordam xizmatida elektron boshqaruv joriy etildi — chaqiriqlarga yetib borish vaqti 25–30 daqiqadan 10–15 daqiqagacha qisqardi.
Yaqin kelajakda “Online-shifokor” xizmati ishga tushirilib, aholiga masofadan tibbiy maslahat berish imkoni yaratiladi.
“Elektron retsept” tizimi orqali ortiqcha dori yozish holatlari 40 foizga kamaydi, dori vositalari aylanmasi shaffoflashdi. Barcha tibbiy ma’lumotlar biometrik himoyada saqlanmoqda, shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi ta’minlangan.
Shuningdek, “Raqamli sog‘liqni saqlash markazi” faoliyati haqida ma’lumot berildi — u orqali barcha tibbiyot muassasalarining ishi real vaqtda kuzatilib, surunkali kasalliklar va aholi salomatligi ko‘rsatkichlari tahlil qilinadi.
Shavkat Mirziyoyev provol vstrechu s rabotnikami meditsinskoy i farmatsevticheskoy sfer - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.11.2025
Prezident tibbiyot sohasida islohotlar va yangi imtiyozlarni e’lon qildi
Yangiliklar lentasi
0