https://oz.sputniknews.uz/20260112/bukhara-tahsil-kasalxona-yotqizilish-54742425.html
Buxoroda 20 nafar abituriyent zaharlangani aytilmoqda — viloyat SSB rasmiy ma’lumot berdi
Buxoroda 20 nafar abituriyent zaharlangani aytilmoqda — viloyat SSB rasmiy ma’lumot berdi
Sputnik O‘zbekiston
Qorako‘l tumanidagi o‘quv markazida tahsil olayotgan 20 nafar shaxs tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi. Shifokorlar tomonidan zarur choralar ko‘rilib, barchasining ahvoli yaxshilandi.
2026-01-12T09:29+0500
2026-01-12T09:29+0500
2026-01-12T12:39+0500
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
buxoro viloyati
sog‘liq
jamiyat
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1436/41/14364150_0:98:1578:986_1920x0_80_0_0_01f3f311bab06eadabb4ef37601baa8d.jpg
TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanidagi o‘quv markazida 20 nafar o‘quvchi zaharlanishi ortidan shifoxonaga yotqizilgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.Unga ko‘ra, kecha, 11-yanvar kuni haqiqatan Qorako‘l tumanidagi o‘quv markazida tahsil olayotgan 20 nafar abituriyent salomatligi yomonlashishi sabab tuman tibbiyot birlashmasiga olib borildi. Ma’lum qilinishicha, viloyat hokimining topshirig‘iga muvofiq, sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Elor Oltiyev ishtirokida ishchi guruh tuzilgan. Barcha bemorlar Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli standartlari asosida laborator va instrumental tekshiruvlardan o‘tkazilgan.Har bir bemorga hududiy oilaviy shifokor va patronaj hamshirasi biriktirildi. Ayni paytda barchasining ahvoli qoniqarli bo‘lib, shikoyatlari mavjud emas.Shuningdek, bemorlardan tegishli qon namunalari olinib, belgilangan tartibda ekspertizaga yuborildi. Ekspertiza natijalari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etilishi ma’lum qilindi.
https://oz.sputniknews.uz/20251027/bolalar-infeksiya-53011476.html
buxoro viloyati
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1436/41/14364150_68:0:1511:1082_1920x0_80_0_0_a5a00b0ea128e14bf7fd72b22ac534ee.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
buxoro viloyati, qorako‘l tumani, o‘quv markazi, 20 nafar o‘quvchi, zaharlanish gumoni, tibbiy yordam, tuman tibbiyot birlashmasi, sog‘liqni saqlash, qon tahlili, ekspertiza, ambulator davolanish, shifokorlar tekshiruvi, sog‘liqni saqlash boshqarmasi
buxoro viloyati, qorako‘l tumani, o‘quv markazi, 20 nafar o‘quvchi, zaharlanish gumoni, tibbiy yordam, tuman tibbiyot birlashmasi, sog‘liqni saqlash, qon tahlili, ekspertiza, ambulator davolanish, shifokorlar tekshiruvi, sog‘liqni saqlash boshqarmasi
Buxoroda 20 nafar abituriyent zaharlangani aytilmoqda — viloyat SSB rasmiy ma’lumot berdi
09:29 12.01.2026 (yangilandi: 12:39 12.01.2026) Abituriyentlarning salomatligi nega yomonlashganini aniqlash uchun qon namunalari ekspertizaga yuborildi.
TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanidagi o‘quv markazida 20 nafar o‘quvchi zaharlanishi ortidan shifoxonaga yotqizilgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, kecha, 11-yanvar kuni haqiqatan Qorako‘l tumanidagi o‘quv markazida tahsil olayotgan 20 nafar abituriyent salomatligi yomonlashishi sabab tuman tibbiyot birlashmasiga olib borildi.
Ma’lum qilinishicha, viloyat hokimining topshirig‘iga muvofiq, sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Elor Oltiyev ishtirokida ishchi guruh tuzilgan. Barcha bemorlar Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli standartlari asosida laborator va instrumental tekshiruvlardan o‘tkazilgan.
Ko‘rilgan tibbiy chora-tadbirlar natijasida barcha bemorlarning ahvoli yaxshilanib, ular ambulator davolanish uchun uyiga javob berildi.
Har bir bemorga hududiy oilaviy shifokor va patronaj hamshirasi biriktirildi. Ayni paytda barchasining ahvoli qoniqarli bo‘lib, shikoyatlari mavjud emas.
Shuningdek, bemorlardan tegishli qon namunalari olinib, belgilangan tartibda ekspertizaga yuborildi. Ekspertiza natijalari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etilishi ma’lum qilindi.