Bolalar orasida "g‘ayriodatiy" infeksiya tarqalayotgani haqidagi xabar rad etildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMashina skoroy pomoshi
Mashina skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2025
Obuna bo‘lish
Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, kuzgi gripp va O‘RVI oddiy mavsumiy holat bo‘lib, buni COVID-19 bilan bog‘lashga asos yo‘q.
TOShKENT, 27 okt – Sputnik. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda bolalar orasida ich ketish va qayt qilish kabi simptomlar bilan kechayotgan infeksiya tarqalayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, kuz-qish oylarida havo-tomchi yo‘li orqali yuqadigan o‘tkir respirator virusli infeksiyalar avj olishi tabiiy bo‘lib, bu yil mavsum odatdagidan biroz kech — oktabr oxirida boshlangan. Bu holatda hech qanday g‘ayriodatiy jihat kuzatilmagan.
Virusli infeksiyalar turli ko‘rinishda kechishi mumkin: ba’zida faqat respirator belgilari, ba’zan oshqozon-ichak buzilishi bilan namoyon bo‘ladi. Bu virus shtammlari o‘zgarib turushi bilan bog‘liq.

Vazirlikning ta’kidlashicha, mavsumiy respirator infeksiyalarni koronavirus mutatsiyasi bilan bog‘lash noto‘g‘ri. Hozirgi kunda COVID-19 epidemiologik vaziyati barqaror va u oddiy respirator infeksiya shaklida kechmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida O‘RVI (gripp)ni davolash uchun zarur dori vositalari va o‘rin-joylar yetarli. Epidemiologik vaziyat muntazam monitoring qilib borilmoqda, sohada maxsus shtab faoliyat yuritmoqda.
Letnyaya atmosfera v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2025
Mutaxassis kuzda bolalar sog‘lom bo‘lishi uchun 6 ta muhim tavsiya berdi
Yangiliklar lentasi
0