https://oz.sputniknews.uz/20260109/eron-oliy-rahbari-yoshlarni-birdamlikka-chaqirdi-54711385.html
Eron oliy rahbari Trampni o‘z mamlakatini boshqarishga chaqirdi
Eron oliy rahbari Trampni o‘z mamlakatini boshqarishga chaqirdi
Sputnik O‘zbekiston
Eron oliy rahbari yoshlarni birdamlikka va Trampni o‘z mamlakatini boshqarishga chaqirdi.
2026-01-09T15:21+0500
2026-01-09T15:21+0500
2026-01-09T17:24+0500
eron
dunyo yangiliklari
oyatulloh ali homanaiy
norozilik namoyishi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/01/40565793_0:0:2200:1239_1920x0_80_0_0_5a1f496f5eb9ad26d90919c2b24673ff.jpg
TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Eron Oliy Rahbari Oyatulloh Ali Homanaiy mamlakatda bo‘lib o‘tayotgan norozilik namoyishlari fonida eron yoshlarini birdamlikka va AQSh preziyedntini o‘z mamlakatini boshqarishga e’tibor berishga chaqirdi. 8-yanvar kuni Tehronda 1979-yilda ag‘darilgan Eron shohining avlodi Rizo Pahlaviyning chaqirig‘idan so‘ng norozilik yurishlarining navbatdagi to‘lqini bo‘lib o‘tdi. Namoyishchilar tez yordam mashinalari va shahar avtobuslari, metro bekatlari, masjidlar, banklar va do‘konlarni shikastlagan.Ushbu namoyishlar fonida Eron oliy rahbari yoshlarni birdamlikka chaqirdi.Eslatib o‘tamiz, Eronda norozilik namoyishlari 2025-yil dekabr oyi oxirida mahalliy valyuta - Eron rialining qadrsizlanishi tufayli boshlangan edi. Norozilik namoyishlarining asosiy mavzusi dastlab valyuta kursining keskin o‘zgarishi va ularning ulgurji va chakana narxlarga ta’siriga qaratilgan edi. Biroq, keyinchalik Eronning bir nechta shaharlarida norozilik namoyishlari politsiya bilan to‘qnashuvlarga aylandi va shiorlar siyosiy qizg‘in tus oldi va Erondagi mavjud siyosiy tizimga qarshi kurashdi. Xavfsizlik kuchlari va namoyishchilar orasida qurbonlar bo‘lgani haqida xabar berilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260103/erondagi-namoyishlar-tartibsizliklarga-aylanib-bormoqda-54614607.html
eron
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/01/40565793_415:0:2200:1339_1920x0_80_0_0_b7c1ce7a82e88b46a503c1ea5a600311.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
eron namoyish aqsh isroil tramp
eron namoyish aqsh isroil tramp
Eron oliy rahbari Trampni o‘z mamlakatini boshqarishga chaqirdi
15:21 09.01.2026 (yangilandi: 17:24 09.01.2026) Kecha Tehronda bo‘lib o‘tgan vayronkor namoyishlar fonida, Homanaiy Eron yoshlarini birdamlikka va o‘z mamlakatiga sodiq bo‘lishga chaqirdi.
TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Eron Oliy Rahbari Oyatulloh Ali Homanaiy mamlakatda bo‘lib o‘tayotgan norozilik namoyishlari fonida eron yoshlarini birdamlikka va AQSh preziyedntini o‘z mamlakatini boshqarishga e’tibor berishga chaqirdi.
"Kecha kechqurun Tehronda bir guruh vandallar AQSh prezidentini xursand qilish uchun o‘z mamlakatiga tegishli binoni vayron qilishdi. <...> Agar u (Tramp - tahr.) bunga qodir bo‘lsa, o‘z mamlakatini boshqarishga e’tibor qaratsin", dedi Xomenei.
8 yanvar kuni Tehronda 1979-yilda ag‘darilgan Eron shohining avlodi Rizo Pahlaviyning chaqirig‘idan so‘ng norozilik yurishlarining navbatdagi to‘lqini bo‘lib o‘tdi. Namoyishchilar tez yordam mashinalari va shahar avtobuslari, metro bekatlari, masjidlar, banklar va do‘konlarni shikastlagan.
Ushbu namoyishlar fonida Eron oliy rahbari yoshlarni birdamlikka chaqirdi.
"Aziz yoshlar! Tayyorgarlik va birdamlikni saqlang! Birlashgan millat har qanday dushmanni mag‘lub etadi", deb xabar beradi agentlik Xomeneining so‘zlaridan iqtibos keltirgan.
Eslatib o‘tamiz, Eronda norozilik namoyishlari 2025-yil dekabr oyi oxirida mahalliy valyuta - Eron rialining qadrsizlanishi tufayli boshlangan edi. Norozilik namoyishlarining asosiy mavzusi dastlab valyuta kursining keskin o‘zgarishi va ularning ulgurji va chakana narxlarga ta’siriga qaratilgan edi. Biroq, keyinchalik Eronning bir nechta shaharlarida norozilik namoyishlari politsiya bilan to‘qnashuvlarga aylandi va shiorlar siyosiy qizg‘in tus oldi va Erondagi mavjud siyosiy tizimga qarshi kurashdi. Xavfsizlik kuchlari va namoyishchilar orasida qurbonlar bo‘lgani haqida xabar berilgan.