Eronda norozilik namoyishlar tartibsizliklarga aylanib bormoqda

© Sputnik / Aleksandr VilfGosudarstvenniy flag Irana v Tegerane.
Gosudarstvenniy flag Irana v Tegerane. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.01.2026
Obuna bo‘lish
Namoyishchilar iqtisodiy talablar o‘rniga hukumatga qarshi shiorlarni ko‘proq aytishmoqda.
TOShKENT, 3 yanv — Sputnik. Eronning g‘arbiy va shimoli-sharqidagi namoyishlar tartibsizliklarga aylanib ketdi, deb xabar bermoqda Tasnim agentligi.
"Juma kuni kechqurun Borjnurd shahrida rial kursining o‘zgarishi sababli norozilik namoyishi <...> bo‘lib o‘tdi. Namoyishchilar iqtisodiy talablar qo‘yish o‘rniga tartibsizliklar uyushtirishga o‘tishdi", - deyiladi xabarda.
Aniqlik kiritilishicha, namoyishchilar soni 100 nafardan oshmagan; ular yo‘lning bir qismini to‘sib, avtomobillar harakatlanishiga xalal bergan.
Eron g‘arbidagi Serbala shahrida esa bir guruh qurollangan jangarilar ko‘chalarga chiqib, avtomatlardan o‘t ochgan.
"Fars" axborot agentligi yozishiga ko‘ra, juma kuni ertalabdan boshlab tinch norozilik namoyishlari kamayib bormoqda. Ularning o‘rniga namoyishchilar politsiya bilan to‘qnashib, hukumatga qarshi va monarxiya tarafdori shiorlarni tobora ko‘proq eshitilmoqda.
Ushbu tartibsizliklarni pichoq, o‘qotar qurol va molotov kokteyllari bilan qurollangan kichik guruhlar uyushtirmoqda. Jinoyatchilar ma’muriy va jamoat binolariga, jumladan, masjidlarga hujum qilmoqda.
Shunga o‘xshash hodisalar Tehron va Karajda ham qayd etilgan bo‘lib, unda namoyishchilar mamlakat bayrog‘ini yoqib, o‘tkinchilarni toshbo‘ron qilib, “Diktatorga o‘lim!” deya baqirgan.
Mahalliy valyutaning qadrsizlanishi fonida Eronda dekabr oyida norozilik namoyishlari boshlandi. Asosiy omil - rial kursining keskin tushib ketishi bo‘ldi. 2018-yildan buyon u salkam 3 baravar qadrsizlandi: dollar kursi 50 ming rialdan 1,4 mlngacha oshdi.
Yangiliklar lentasi
0