Endilikda ayrim notarial xizmatlarni videoaloqa orqali ham olish mumkin

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishNotarius
Notarius - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.01.2026
Obuna bo‘lish
Notarial harakatlarni videokonferensaloqa orqali amalga oshirish tartibi joriy etildi. Tartib notariusga borishni to‘liq bekor qilmasdan, ayrim xizmatlarni masofadan olish imkonini yaratadi
TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. Notarial harakatlarni jismoniy yoki yuridik shaxs notarial idoraga kelmagan holda videokonferensaloqa rejimi orqali amalga oshirish tartibi belgilandi. Tegishli nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Nizomga ko‘ra, notarial harakatlar videokonferensaloqa rejimida “E-notarius.uz” axborot portali hamda “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali tasdiqlanadi.
Murojaat qiluvchi notarial harakatni videokonferensaloqa rejimida amalga oshirish uchun elektron tarmoqdan foydalanish shartlari bilan tanishadi va roziligini tasdiqlaydi.
Murojjat qiluvchi elektron tarmoqda tasdiqlashni so‘rayotgan notarial harakatning nomini aniq ko‘rsatadi va zarur ma’lumotlarni to‘ldiradi.
Notarius murojaat kelib tushgan vaqtdan boshlab 1 ish kunida uni o‘rganib chiqadi hamda unda kamchiliklar mavjud yoki yo‘qligi to‘g‘risida xabarnoma yuboradi.
Notarius bilan shaxsiy muloqot davomida notarial harakat taraflari joylashgan joyda ulardan boshqa shaxslarning bo‘lmasligi, ular joylashgan joy shovqindan xoli, yorug‘ bo‘lishi va videotasvir tiniq ko‘rinishi shart.
Notarial harakat loyihasi imzolash uchun tayyor bo‘lgandan so‘ng notarius tomonidan taraflarga ularning huquq va majburiyatldari, amalga oshirilayotgan notarial harakatning mazmuni va oqibatlari tushuntiriladi.
Notarius - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.09.2025
Notarius sohasida qog‘ozbozlik kamayadi: yangi qoidalar qabul qilindi
Yangiliklar lentasi
0