Havo sifati qachon yaxshilanadi — Ekologiya qo‘mitasi prognoz berdi

© Sputnik / Baxrom XatamovZagraznenie vozduxa v Tashkente
Zagraznenie vozduxa v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.01.2026
Obuna bo‘lish
Noqulay meteorologik sharoitlar ayrim hududlarda atmosfera havosining ifloslanishiga olib kelmoqda, shu munosabat bilan ekologik nazorat choralari kuchaytirilgan
TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda noqulay meteorologik sharoitlar 16–17 yanvarga qadar saqlanib turishi, antisiklonlar kirib kelishi natijasida yog‘ingarchilik va shamol tezligi oshishi hisobiga atmosfera havosi sifati bosqichma-bosqich normallashishi kutilmoqda. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ayrim hollarda kunduzgi va kechki havo harorati o‘rtasidagi farq 14 darajagacha yetishi, tuman tushishi hamda shamol tezligining pasayishi atmosfera havosida ifloslantiruvchi moddalar tarqalishini qiyinlashtirmoqda.
Ta’kidlanishicha, hozirda Maxsus komissiya tomonidan ekologik reydlar hamda nazorat tadbirlari kuchaytirilgan.
Atmosfera havosiga antropogen (ya’ni insoniy faoliyat) yuklamani kamaytirish maqsadida ayrim korxonalar quvvati cheklanmoqda, ba’zilarining faoliyati esa vaqtincha to‘xtatilmoqda.
Qayd etilishicha, 1–7 yanvar kunlari Toshkent shahridagi 12 ta va Toshkent viloyatidagi 22 ta ishlab chiqarish korxonasida tekshiruvlar o‘tkazilib, tegishli choralar ko‘rilgan. Shuningdek, atmosfera havosini ifloslantirgan o‘nlab avtotransport vositalariga nisbatan ma’muriy choralar qo‘llanilgan.
Peresoxshiy vodoyem - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.01.2026
So‘nggi o‘n yilda Markaziy Osiyoda suv qanchalik kamaydi — BMT tahlili
Yangiliklar lentasi
0