https://oz.sputniknews.uz/20260104/central-asia-suv-kamayish-54633921.html
So‘nggi o‘n yilda Markaziy Osiyoda suv qanchalik kamaydi — BMT tahlili
So‘nggi o‘n yilda Markaziy Osiyoda suv qanchalik kamaydi — BMT tahlili
Sputnik O‘zbekiston
FAO hisobotida so‘nggi o‘n yilda dunyo va Markaziy Osiyoda suv resurslari qanchalik qisqargani, suv stressi darajasi va asosiy xavflar haqida ma’lumot berilgan.
2026-01-04T12:13+0500
2026-01-04T12:13+0500
2026-01-04T12:13+0500
iqlim o‘zgarishi
ekologiya
o‘zbekiston
jamiyat
suv
qishloq xo‘jaligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/0b/20038071_0:92:3317:1958_1920x0_80_0_0_11f285f318bd07c21c0e94120f7da43f.jpg
TOShKENT, 4 yanv — Sputnik. Dunyoda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan qayta tiklanadigan chuchuk suv resurslaridan foydalanish darajasi pasayishda davom etmoqda. So‘nggi o‘n yil ichida bu ko‘rsatkich yana 7 foizga kamaygan. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi xabar berdi.Ma’lumotlarga ko‘ra, keltirilgan faktlar BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tahlillariga asoslangan. Gap tabiiy gidrologik sikl natijasida har yili yangilanib turadigan chuchuk suv zaxiralari haqida bormoqda.Taqqoslash uchun: Yevropa va Shimoliy Amerikada agrar sektor suv resurslarining atigi 34 foizidan foydalanadi. Biroq dunyodagi sanoat uchun olinadigan suvning — 47 foizi aynan ushbu mintaqalar hissasiga to‘g‘ri keladi.Suv tanqisligi darajasini baholashda FAO ekspertlari "suv stressi" ko‘rsatkichidan foydalangan. Bu ko‘rsatkich olinayotgan suv hajmining tabiiy ravishda qayta tiklanadigan suv zaxiralariga nisbatan qanchalik katta ekanini ko‘rsatadi.Shu bilan birga, tashkilot ayrim ijobiy o‘zgarishlarni ham qayd etmoqda. Markaziy Osiyoda chuchuk suv olishning umumiy hajmi 2015-yildagi 123 million kub metrdan 2022-yilda 112 million kub metrgacha kamaygan, ya’ni 9 foizga pasaygan. Shu davrda suv stressi darajasi 76,8 foizdan 70,2 foizga tushgan. Bu suv resurslariga tushayotgan bosim 8,6 foizga kamayganini anglatadi.FAO sharhiga ko‘ra, dunyoning barcha mintaqalarida chuchuk suv resurslariga bosim kuchaymoqda. 2022-yilda dunyo bo‘yicha suv stressining o‘rtacha darajasi 18 foizga yetgan. Ayrim hududlarda esa bu ko‘rsatkich ancha yuqori bo‘lgan:
https://oz.sputniknews.uz/20251117/sibir-daryolaridan-ozbekistonga-suv-keladimi--rossiya-fanlar-akademiyasi-olimi-fikri-53525252.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/0b/20038071_293:0:3024:2048_1920x0_80_0_0_007e22df083a48c75b33c33fa30eced7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qayta tiklanadigan suv resurslari, suv tanqisligi, suv stressi, markaziy osiyo suv muammosi, fao hisoboti, aholi jon boshiga suv, qishloq xo‘jaligida suv sarfi, chuchuk suv zaxiralari, global suv inqirozi, iqlim o‘zgarishi va suv
qayta tiklanadigan suv resurslari, suv tanqisligi, suv stressi, markaziy osiyo suv muammosi, fao hisoboti, aholi jon boshiga suv, qishloq xo‘jaligida suv sarfi, chuchuk suv zaxiralari, global suv inqirozi, iqlim o‘zgarishi va suv
So‘nggi o‘n yilda Markaziy Osiyoda suv qanchalik kamaydi — BMT tahlili
2015-yildan beri Markaziy Osiyo aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan qayta tiklanadigan suv resurslarining 12 foizini yo‘qotgan. Bu dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi
TOShKENT, 4 yanv — Sputnik. Dunyoda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan qayta tiklanadigan chuchuk suv resurslaridan foydalanish darajasi pasayishda davom etmoqda. So‘nggi o‘n yil ichida bu ko‘rsatkich yana 7 foizga kamaygan. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi
xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, keltirilgan faktlar BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tahlillariga asoslangan. Gap tabiiy gidrologik sikl natijasida har yili yangilanib turadigan chuchuk suv zaxiralari haqida bormoqda.
Markaziy Osiyoda suv stressining yuqori darajasi, asosan, suvdan foydalanish tuzilmasi bilan bog‘liq. Mintaqadagi umumiy suv olish hajmining 82 foizi qishloq xo‘jaligi hissasiga to‘g‘ri keladi.
Taqqoslash uchun: Yevropa va Shimoliy Amerikada agrar sektor suv resurslarining atigi 34 foizidan foydalanadi. Biroq dunyodagi sanoat uchun olinadigan suvning — 47 foizi aynan ushbu mintaqalar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Suv tanqisligi darajasini baholashda FAO ekspertlari "suv stressi" ko‘rsatkichidan foydalangan. Bu ko‘rsatkich olinayotgan suv hajmining tabiiy ravishda qayta tiklanadigan suv zaxiralariga nisbatan qanchalik katta ekanini ko‘rsatadi.
Shu bilan birga, tashkilot ayrim ijobiy o‘zgarishlarni ham qayd etmoqda. Markaziy Osiyoda chuchuk suv olishning umumiy hajmi 2015-yildagi 123 million kub metrdan 2022-yilda 112 million kub metrgacha kamaygan, ya’ni 9 foizga pasaygan. Shu davrda suv stressi darajasi 76,8 foizdan 70,2 foizga tushgan. Bu suv resurslariga tushayotgan bosim 8,6 foizga kamayganini anglatadi.
Ekspertlar ta’kidlashicha, suv stressining yuqori darajasi yillik suv olish hajmi uning tabiiy tiklanish darajasiga yaqinlashayotgani yoki undan oshib ketayotganini ko‘rsatadi. Bu esa suv ekotizimlarining barqarorligi va iqtisodiy rivojlanish uchun jiddiy xavf tug‘diradi.
FAO sharhiga ko‘ra, dunyoning barcha mintaqalarida chuchuk suv resurslariga bosim kuchaymoqda. 2022-yilda dunyo bo‘yicha suv stressining o‘rtacha darajasi 18 foizga yetgan. Ayrim hududlarda esa bu ko‘rsatkich ancha yuqori bo‘lgan: