https://oz.sputniknews.uz/20260108/europe-trump-qarshilik-tayyorgarlik-54688121.html
Yevropada Tramp bilan keskin siyosiy qarama-qarshilikka tayyorgarlik chaqiriqlari yangramoqda
Yevropada Tramp bilan keskin siyosiy qarama-qarshilikka tayyorgarlik chaqiriqlari yangramoqda
Sputnik O‘zbekiston
Yevropa Ittifoqi Donald Trampning Grenlandiyaga oid da’volari fonida u bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri siyosiy qarama-qarshilikka tayyorlanishga chaqirdi. Bu haqda Politico diplomatik manbalarga tayanib yozdi.
2026-01-08T14:19+0500
2026-01-08T14:19+0500
2026-01-08T14:40+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
aqsh
donald tramp
siyosat
daniya
diplomatlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/05/23778422_0:159:3076:1889_1920x0_80_0_0_dd14e6f996635a50c54902a80cda7882.jpg
TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. Yevropa Ittifoqi AQSh prezidenti Donald Trampning Grenlandiyaga doir da’volari fonida u bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarama-qarshilikka tayyorlanishga chaqirdi. Bu haqda Politico nashri Yevropa Ittifoqidagi ismi oshkor etilmagan diplomatga tayanib yozmoqda.Ta’kidlanishicha, Yevropa rasmiylari endi AQSh yetakchisining keskin ritorikasini e’tiborsiz qoldirmasdan, uni qanday to‘xtatish mumkinligi yuzasidan faol izlanmoqda.Ma’lum qilinishicha, 2025-yil dekabr oyida Donald Tramp Luiziana shtati gubernatori Jeff Lendrini Grenlandiya masalasi bo‘yicha maxsus vakil etib tayinlaganini e’lon qilgan. Keyinchalik gubernator Qo‘shma Shtatlarning orolni o‘z qismiga aylantirish niyati borligini tasdiqlagan.Bunga javoban, Daniya tashqi ishlar vaziri Lars Lokke Rasmussen noroziligini bildirib, AQShning Kopengagendagi elchisini TIVga chaqirishini ma’lum qilgan.Shuningdek, Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen va Grenlandiya bosh vaziri Yens-Frederik Nilsen qo‘shma bayonot bilan chiqib, AQShni orolni bosib olishdan ogohlantirgan va hududiy yaxlitlikka hurmat talab qilinganini ta’kidlagan.4 yanvar kuni Oq uy ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Stiven Millerning rafiqasi Ketti Miller X ijtimoiy tarmog‘ida AQSh bayrog‘i ranglarida bezatilgan va “Tez orada” degan yozuv tushirilgan Grenlandiya xaritasi aks etgan suratni joylashtirgan.Grenlandiya bosh vaziri Nilsen esa mazkur tasvirni hurmatsizlik deb baholab, vaziyatni keskinlashtirish uchun asos yo‘qligini bildirgan.Ma’lumot uchun, Grenlandiya 1953-yilga qadar Daniya mustamlakasi bo‘lgan. 2009-yildan esa u o‘zini o‘zi boshqarish huquqiga ega avtonom hudud hisoblanadi.
https://oz.sputniknews.uz/20260106/greenland-masala-europe-birlashish-54663275.html
daniya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/05/23778422_174:0:2903:2047_1920x0_80_0_0_4bc47f18b34349244cb42cb44e8bd90a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yevropa ittifoqi, donald tramp, grenlandiya, aqsh siyosati, yevropa–aqsh munosabatlari, siyosiy qarama-qarshilik, politico, yei diplomatlari, grenlandiya masalasi, daniya, aqsh–evropa ziddiyati
yevropa ittifoqi, donald tramp, grenlandiya, aqsh siyosati, yevropa–aqsh munosabatlari, siyosiy qarama-qarshilik, politico, yei diplomatlari, grenlandiya masalasi, daniya, aqsh–evropa ziddiyati
Yevropada Tramp bilan keskin siyosiy qarama-qarshilikka tayyorgarlik chaqiriqlari yangramoqda
14:19 08.01.2026 (yangilandi: 14:40 08.01.2026) Nashrning qayd etishicha, agar ilgari Yevropa hukumatlari Trampning Grenlandiyani bosib olish bo‘yicha tahdidlarini jiddiy qabul qilmagan bo‘lsa, hozir bu masalaga munosabat o‘zgargan
TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. Yevropa Ittifoqi AQSh prezidenti Donald Trampning Grenlandiyaga doir da’volari fonida u bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarama-qarshilikka tayyorlanishga chaqirdi. Bu haqda Politico nashri Yevropa Ittifoqidagi ismi oshkor etilmagan diplomatga
tayanib yozmoqda.
"Biz Tramp bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri konfrontatsiyaga tayyor bo‘lishimiz kerak. U tajovuzkor kayfiyatda, shu bois to‘liq tayyorgarlik rejimida bo‘lish zarur", — dedi diplomat nashrga.
Ta’kidlanishicha, Yevropa rasmiylari endi AQSh yetakchisining keskin ritorikasini e’tiborsiz qoldirmasdan, uni qanday to‘xtatish mumkinligi yuzasidan faol izlanmoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2025-yil dekabr oyida Donald Tramp Luiziana shtati gubernatori Jeff Lendrini Grenlandiya masalasi bo‘yicha maxsus vakil etib tayinlaganini e’lon qilgan. Keyinchalik gubernator Qo‘shma Shtatlarning orolni o‘z qismiga aylantirish niyati borligini tasdiqlagan.
Bunga javoban, Daniya tashqi ishlar vaziri Lars Lokke Rasmussen noroziligini bildirib, AQShning Kopengagendagi elchisini TIVga chaqirishini ma’lum qilgan.
Shuningdek, Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen va Grenlandiya bosh vaziri Yens-Frederik Nilsen qo‘shma bayonot bilan chiqib, AQShni orolni bosib olishdan ogohlantirgan va hududiy yaxlitlikka hurmat talab qilinganini ta’kidlagan.
4 yanvar kuni Oq uy ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Stiven Millerning rafiqasi Ketti Miller X ijtimoiy tarmog‘ida AQSh bayrog‘i ranglarida bezatilgan va “Tez orada” degan yozuv tushirilgan Grenlandiya xaritasi aks etgan suratni joylashtirgan.
Grenlandiya bosh vaziri Nilsen esa mazkur tasvirni hurmatsizlik deb baholab, vaziyatni keskinlashtirish uchun asos yo‘qligini bildirgan.
Tramp Grenlandiya AQSh tarkibiga kirishi kerakligini bir necha bor ta’kidlagan. Shu bilan birga, u Grenlandiya ustidan nazorat o‘rnatish uchun harbiy kuch qo‘llanilmasligiga kafolat berishdan bosh tortgan.
Ma’lumot uchun, Grenlandiya 1953-yilga qadar Daniya mustamlakasi bo‘lgan. 2009-yildan esa u o‘zini o‘zi boshqarish huquqiga ega avtonom hudud hisoblanadi.