Trampning "ishtaxasi" oshdimi: Grenlandiya masalasida Yevropa AQShga qarshi birlashmoqda

© Sputnik / Ilya Timin / Mediabankka o‘tishOstrov Grenlandiya
Ostrov Grenlandiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.01.2026
Obuna bo‘lish
Yevropaning qator davlatlari AQShning dunyodagi eng yirik orol — Grenlandiyaga bo‘lgan da’volariga qarshi chiqib, bu masalada Daniya bilan birdamlikni namoyon etmoqda
TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. Venesuela masalasidan keyin AQSh prezidenti Donald Tramp Grenlandiya masalasiga yana qaytib, Vashingtonga ushbu hudud "mutlaqo zarur" ekanini bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Daniyaga qarashli bu orol go‘yoki Rossiya va Xitoy kemalari bilan "qurshab olingan". Tramp Atlantic jurnaliga bergan intervyusida ta’kidlashicha, Grenlandiya Arktika xavfsizligi hamda NATO manfaatlarini himoya qilish nuqtayi nazaridan AQSh uchun strategik ahamiyatga ega.
AQSh ma’muriyatidagi pozitsiya
AQSh prezidenti ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Stiven Miller esa Daniyaning Grenlandiya ustidan nazorati qonuniyligini shubha ostiga oldi.
Uning aytishicha, "Grenlandiya qanday huquq asosida Daniya nazorati ostida?" degan savol ochiq qolmoqda. Miller fikricha, AQSh Arktika xavfsizligini ta’minlashi uchun Grenlandiya Amerika ta’sir doirasiga kirishi kerak.
Economist jurnali ma’lum qilishicha, AQSh rasmiylari Grenlandiyaga "erkin assotsiatsiya" to‘g‘risida bitim taklif qilmoqchi bo‘lgan, biroq orol hukumati bunday to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralardan bosh tortgan.
Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen Donald Trampni ushbu tahdidlarni to‘xtatishga chaqirdi.
"AQShga Grenlandiyani o‘z nazorati ostiga olish kerak, degan gaplarda hech qanday ma’no yo‘q. AQSh Daniya Qirolligining uch qismidan birortasini ham anneksiya qilish huquqiga ega emas", — dedi .
Xitoy va xalqaro hamjamiyat reaksiyasi
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Lin Szan AQShni "xitoy tahdidi" mavzusidan o‘z geosiyosiy manfaatlarini oqlash uchun foydalanmaslikka chaqirdi.
Yevropa Ittifoqi ham masalaga qat’iy munosabat bildirdi. YeI tashqi siyosat xizmati vakili Anita Xipper Grenlandiya Arktika xavfsizligida muhim o‘rin tutishini ta’kidlab, Ittifoq Daniya va Grenlandiya bilan to‘liq hamjihat ekanini bildirdi.
Fransiya, Germaniya, Italiya, Polsha, Ispaniya, Buyuk Britaniya va Daniya AQSh da’vosi tufayli bayonot berdi.
"Grenlandiya o‘z xalqiga tegishli, Daniya va Grenlandiya bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha qarorlarni faqat Daniya va Grenlandiya qabul qilishi kerak va faqat ular," - deyiladi xabarda.
Yevropa davlatlari Daniyani qo‘llab-quvvatlamoqda
Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb hamda Norvegiya bosh vaziri Yonas Gar Store Daniyaga ochiq qo‘llab-quvvatlov bildirdi.
Shuningdek, Italiya tashqi ishlar vaziri Antonio Tayani Yevropa Grenlandiyani AQSh da’volaridan himoya qilishi lozimligini aytdi.
Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer esa Grenlandiya kelajagi faqat Grenlandiyaning o‘zi va Daniya tomonidan hal qilinishi kerakligini ta’kidladi.
Niderlandiya va Polsha rahbariyati ham Daniyaning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.
Grenlandiya bosh vaziri Yens-Frederik Nilsen grenlandlar muloqotga ochiq ekanini, ammo u xalqaro huquq va rasmiy diplomatik kanallar orqali olib borilishi shartligini ta’kidladi. U ijtimoiy tarmoqlardagi keskin va hurmatsiz bayonotlar "to‘g‘ri muloqot usuli emas" ekanini alohida qayd etdi.
Grenlandiya 1953-yilga qadar Daniyaning mustamlakasi bo‘lgan. Hozirda u Daniya Qirolligining tarkibiy qismi hisoblanadi, biroq 2009-yilda avtonomiya maqomiga ega bo‘lib, ichki siyosatda o‘zini o‘zi boshqarish hamda mustaqil qaror qabul qilish huquqini olgan.
SShA nanesli udari po obyektam gazotransportnoy infrastrukturi v Karakase. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.01.2026
Trampning maqsadi Venesuela yoki narkotik emas, maqsad neft — siyosatchi va ekspertlar fikri
Yangiliklar lentasi
0